Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, sharq
ENRU

Pokistonda sel va ko‘chkilar qurbonlari 307 ga yetdi

Dunyo
55
Pokistonda sel va ko‘chkilar qurbonlari 307 ga yetdi
Pokiston va Kashmir hududlarida kuchli musson yomg‘irlari sabab yuzaga kelgan sel va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 307 nafarga yetdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati shimoli-g‘arbiy Pokistonning tog‘li Kxaybar-Paxtunxva viloyatida qayd etilgan. Ushbu hududda kamida 74 ta uy vayron bo‘lgan.

Qutqaruv ishlari davomida M-17 vertolyoti qulab, bortidagi besh nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Pokiston boshqaruvidagi Kashmirda 9 kishi, shimoliy Gilgit-Baltiston mintaqasida esa 5 kishi jon bergani tasdiqlandi.

Rasmiy ob-havo xizmati ogohlantirishicha, mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida 21 avgustgacha kuchli yog‘ingarchilik davom etadi. Bir qator hududlar favqulodda vaziyat zonasi sifatida e’lon qilindi.

Buner tumanida sel toshqini guvohlari bu holatni “qiyomat manzarasi” deb ta’riflashdi. Kxaybar-Paxtunxva viloyat hukumati motam kuni e’lon qildi.

Kashmirda ham kuchli sel oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Musson mavsumida, ya’ni iyun va sentyabr oylarida Janubiy Osiyoga yillik yog‘ingarchilikning taxminan uchdan uch qismi yog‘adi.

Joriy yilgi mavsumda mintaqada 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi ekstremal ob-havo hodisalarining tez-tez yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026