Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+14°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Qirg‘izistonda nodir Peyts–Yegers sindromi aniqlandi

Dunyo
55
Qirg‘izistonda nodir Peyts–Yegers sindromi aniqlandi
Qirg‘izistonda sog‘liqni saqlash sohasida kam uchraydigan xavfli kasallik aniqlanib, bu holat mutaxassislar orasida tashvishga sabab bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish markazining bolalar onkologiyasi bo‘limiga “Peyts–Yegers” sindromi bilan og‘rigan bemor yotqizildi. Ushbu kasallik juda nodir uchraydi va asosan irsiy xususiyatga ega bo‘lib, ko‘pincha bolalikda alomatlari namoyon bo‘ladi.

Kasallik belgilari sifatida og‘iz atrofida, lablar va yonoqlarda, shuningdek ba’zan qo‘l-oyoqlarda teri va shilliq pardalarda to‘q jigarrang yoki qora dog‘lar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bemorlarda oshqozon-ichak tizimida poliplar rivojlanishi ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Bu poliplar odatda ingichka ichakda uchraydi, ammo ba’zida oshqozon, yo‘g‘on ichak yoki boshqa ichki organlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Ular ko‘pincha yaxshi tuzilishga ega bo‘lib, dastlab xavfsiz hisoblanadi, ammo vaqt o‘tishi bilan xavfli o‘smalarga aylanishi mumkin.

Kasallikning asosiy sababi STK11 (LKB1) genidagi mutatsiyadir. Bu mutatsiya autosomal dominant tarzda ota-onadan farzandga o‘tadi, ya’ni ota yoki onalardan biri kasal bo‘lsa, farzandda ham sindrom paydo bo‘lish ehtimoli 50 foizni tashkil etadi.

Mutaxassislar “Peyts–Yegers” sindromining eng katta xavfi sifatida bir qator onkologik kasalliklar, jumladan oshqozon osti bezi, ichak, oshqozon, ko‘krak, tuxumdon, bachadon bo‘yni va moyak saratonlarini ko‘rsatmoqda. Kasallik belgilari orasida qorin og‘rig‘i, ichakning to‘siqlanishi yoki ich qotishi, qon ketishi natijasida anemiya va tez charchash holatlari mavjud.

Ba’zi bemorlarda og‘izdagi dog‘lar va poliplar bolalikdan boshlab sog‘liq muammolariga sabab bo‘ladi. Tashxis qo‘yishda endoskopiya, kolonoskopiya, kapsula endoskopiyasi va genetik tahlillar muhim ahamiyatga ega.

Davolashda poliplarni endoskopik yoki jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash, muntazam skrining va profilaktik choralar zarur hisoblanadi. Mutaxassislar ota-onalarni bolalarda noodatiy dog‘lar yoki og‘riqlar paydo bo‘lganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilishga chaqirmoqda.

Erta tashxis va doimiy nazorat kasallikning og‘ir oqibatlarini oldini olishda muhim omil hisoblanadi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026