Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, sharq
ENRU

Isroil G‘azo janubiga aholini ko‘chirishni boshlaydi

Dunyo
22
Isroil G‘azo janubiga aholini ko‘chirishni boshlaydi
Isroil armiyasi G‘azo shahrida yashovchilarni jang maydonlaridan janubiy tomon ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Harbiylar aholiga chodirlar va vaqtinchalik turar joy uchun zarur bo‘lgan ashyolar taqdim etilishini ma’lum qildi. Ushbu qaror Isroilning G‘azoning shimoliy qismini egallash bo‘yicha yangi hujum boshlash rejasini e’lon qilgandan so‘ng qabul qilindi.

Bu reja xalqaro hamjamiyatda katta xavotir uyg‘otmoqda, chunki G‘azoda 2,2 milliondan ortiq odam istiqomat qiladi. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hujum boshlanishidan oldin tinch aholining xavfsiz hududlarga ko‘chirilishini ta’kidladi.

Yordam vositalari Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar orqali G‘azoning Kerem Shalom chegara punkti orqali yetkaziladi. So‘nggi kunlarda Isroil kuchlari G‘azo shahri chekkalarida hujumlarni kuchaytirdi.

Zeitun va Shejia hududlarida og‘ir bombardimonlar amalga oshirilib, ko‘plab uylar vayron bo‘ldi. Armiyaning ma’lum qilishicha, bu hududlarda tunnel va qurollar yo‘q qilinmoqda.

2023-yil 7-oktabrda Hamas tomonidan boshlangan hujum natijasida 1 200 dan ortiq isroillik halok bo‘ldi. Keyingi harbiy amaliyotlarda G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 61 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi.

Ushbu urush G‘azoda ocharchilikka va millionlab odamlarning boshpanasiz qolishiga sabab bo‘lmoqda. Xalqaro hamjamiyat vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026