Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+11°
пасмурно ветер 4 м/с, З
ENRU

Vashingtonda 68 nafar jinoyatchi hibsga olindi

Dunyo
25
Vashingtonda 68 nafar jinoyatchi hibsga olindi
AQSHning poytaxti Vashingtonda federal va mahalliy huquq-tartibot organlari hamkorligida yirik maxsus operatsiya o‘tkazildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu operatsiya davomida jami 68 nafar shaxs hibsga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Pem Bondi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Bondining so‘zlariga ko‘ra, kecha kechqurun federal xizmatchilar va Kolumbiya politsiyasi hamkorligida jinoyatchilikka qarshi reyd amalga oshirildi. Reyd davomida 300 dan ortiq shaxslar qayd etildi, 15 ta noqonuniy o‘qotar qurol musodara qilindi hamda bir necha jinoiy ishlar ochildi.

“Federal hamkorlarimiz bilan birga 68 nafar shaxs hibsga olindi. Ular orasida qotillikda gumon qilinayotganlar, giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ham bor”, — dedi bosh prokuror.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olinganlarning ayrimlari oldindan qidiruvda bo‘lgan. Hozirda ularga nisbatan surishtiruv ishlari va sud jarayonlari davom etmoqda.

Vashingtonda bunday keng ko‘lamli operatsiya so‘nggi oylarda birinchi marta o‘tkazildi. Mutaxassislar bu choralar shaharda xavfsizlikni mustahkamlash va jinoyatchilik darajasini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilganini ta’kidlashmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026