Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Zelenskiy va Yevropa yetakchilari Vashingtonda uchrashadi

Dunyo
18
Zelenskiy va Yevropa yetakchilari Vashingtonda uchrashadi
Dushanba kuni Oq uyda o‘tkaziladigan uchrashuv Ukraina va Yevropa xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislarning fikricha, bu muzokaralar Tramp va Putin o‘rtasidagi oldingi sammitdan ham muhimroq bo‘lishi mumkin. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa yetakchilari bilan birga Vashingtonga tashrif buyurdi.

Ularning asosiy maqsadi AQSh prezidenti Donald Trampga tinchlik kelishuvi Ukraina ishtirokisiz imzolanmasligi va unga qat’iy xavfsizlik kafolatlari qo‘shilishi lozimligini yetkazishdir. Zelenskiy Ukraina hududidan voz kechmaslik niyatida ekanligini ta’kidlamoqda.

G‘arb davlatlari esa Ukraina uchun NATOga o‘xshash himoya tizimini yaratish mumkinligini bildirmoqda. Bu kelajakda Rossiyaning hujumlarini oldini olishda muhim vosita bo‘ladi.

Shu bilan birga, Rossiya Donbass va Qrim hududlarini nazoratda ushlab turishga qat’iy intilmoqda. Agar Ukraina hududdan voz kechishga majbur bo‘lsa, bu mamlakatning xavfsizligini yanada zaiflashtirishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar mavjud.

Harbiy ekspertlar urush to‘xtatilgandan keyin ham Rossiya kuchlarini tiklab, yangi hujumga tayyorlanishi ehtimoli mavjudligini ta’kidlamoqda. Shuning uchun Vashingtondagi muzokaralar nafaqat urushni tugatish, balki Ukraina uchun uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Bu uchrashuv kelajakdagi siyosiy va harbiy barqarorlik uchun sinov sifatida ko‘rilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026