Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+11°
пасмурно ветер 4 м/с, З
ENRU

HAMAS AQShning 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi

Dunyo
36
HAMAS AQShning 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi
HAMAS harakati AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan ishlab chiqilgan 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu taklifga ko‘ra, o‘t ochish to‘xtatiladi va garovga olingan isroilliklar ikki bosqichda ozod qilinadi. Manbalarning bildirishicha, taklif doirasida Isroil falastinlik mahbuslarni ozod qilishi va G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berishi kerak.

Bu hududda keskinlikni kamaytirish, aholiga yordam ko‘rsatish va yangi inqirozlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Muzokaralar Misr va Qatar vositachiligida olib borilmoqda.

Avvalroq Misr hukumati taklifning so‘nggi varianti Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga taqdim etilganini ma’lum qilgan. Hozircha Isroil tomoni bu masala bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan.

Isroil va HAMAS o‘rtasida urush boshlanganidan buyon G‘azoda kamida 62 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Aholining aksariyati bir necha bor ko‘chirilgan, uylarning aksariyati vayron qilinib, sog‘liqni saqlash, suv va sanitariya tizimlari ishlamay qoldi.

So‘nggi 24 soatda ocharchilik va urush oqibatida 5 kishi, jumladan 2 bola halok bo‘lgan, bu ko‘rsatkich urush boshidan beri 263 kishiga yetdi. Ekspertlar o‘t ochishni to‘xtatish taklifi hududdagi favqulodda vaziyatni yumshatishga va aholi hayotini saqlashga yordam berishini ta’kidlamoqda.

Xalqaro hamjamiyat esa ushbu jarayonni diqqat bilan kuzatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026