Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Tokio masofadan ishlash uchun eng qulay shahar tanlandi

Dunyo
48
Tokio masofadan ishlash uchun eng qulay shahar tanlandi
Yaponiya poytaxti Tokio masofadan ishlash va hordiq chiqarishni birlashtirish bo‘yicha eng qulay shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

TimeOut nashri International Workplace Group (IWG) taqdim etgan hisobotga tayanib bu haqda ma’lumot berdi. Mutaxassislar Tokioni rivojlangan jamoat transporti, tezkor internet tarmog‘i va yuqori xavfsizlik darajasi sababli yuqori baholagan.

Shu bilan birga, Yaponiya yaqinda xorijiy mutaxassislar uchun maxsus “masofaviy ish vizasi”ni joriy qildi. Ushbu viza yordamida chet elliklar mamlakatda bir yilgacha yashab, ish faoliyatini davom ettirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tadqiqotda shuningdek, Tokioning tog‘lar, dengiz bo‘yidagi plyajlar va milliy bog‘larga yaqinligi ham inobatga olingan. Bu esa yirik shahar hayotini ochiq havoda dam olish bilan uyg‘unlashtirish imkonini yaratadi.

Masofadan ishlash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxatida Tokio birinchi o‘rinda turibdi. Keyingi o‘rinlarda Rio-de-Janeyro, Budapesht, Seul, Barselona, Pekin, Lissabon, Rim, Parij va Valletta joylashgan.

IWG asoschisi Mark Diksonning so‘zlariga ko‘ra, uzoqdan ishlash odamlarning shaxsiy va kasbiy hayotdagi muvozanatni saqlashiga yordam beradi hamda mehnat unumdorligini oshiradi. Shu bois masofadan ishlash shakli zamonaviy ish muhitida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026