Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Xelsinkida bir yilda avtohalokat yuz bermadi

Dunyo
25
Xelsinkida bir yilda avtohalokat yuz bermadi
Finlyandiya poytaxti Xelsinkida so‘nggi bir yil davomida biror avtotransport hodisasi yuz bermadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu natija shaharda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan keng ko‘lamli infratuzilmaviy o‘zgarishlar va samarali strategiyalarning samarasidir. Shaharda yo‘llar kengaytirildi, shuningdek, haydovchilarga qo‘shimcha noqulayliklar yaratish maqsadida daraxt ko‘chatlari ekildi.

Bu esa haydovchilarni shahar hududiga kirish vaqtida ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga undaydi. Tezlik chegarasi 30 kilometr soatga tushirildi, 70 ta yangi tezlikni o‘lchash kameralari o‘rnatildi va politsiya nazorati kuchaytirildi.

Ushbu choralar yo‘l harakati xavfsizligini oshirish uchun kompleks tarzda amalga oshirildi. Shuningdek, piyodalar va velosipedchilar uchun infratuzilma yangilandi, jamoat transporti tarmog‘i kengaytirildi.

Bu esa jamoat transportidan foydalanishni rag‘batlantirdi va aholining ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildi. Xelsinki tajribasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham namuna sifatida qaralishi mumkin.

Bu shahar aholisi va mehmonlari uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026