Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Putin Zelenskiyni Moskvaga uchrashuvga taklif qildi

Dunyo
41
Putin Zelenskiyni Moskvaga uchrashuvga taklif qildi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Moskvada uchrashuvga taklif qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Agence France-Presse (AFP) agentligi manbalariga tayanib xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Putin taklifi Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp bilan 18 avgustdagi telefon suhbatida bildirildi.

Suhbat davomida Tramp, Zelenskiy va Yevropa davlatlari rahbarlarining Oq uyda o‘tkazilgan uchrashuvida Putinning taklifi muhokama qilingan. AFP manbalarining aytishicha, Ukraina prezidenti Zelenskiy Moskvada uchrashuv o‘tkazish taklifini rad etdi.

U bu joyda uchrashuvning imkonsizligi haqida aniq qaror qabul qilinganini ta’kidladi. Shuningdek, Donald Tramp Zelenskiy bilan muzokaralar olib borish hamda Putin bilan telefon orqali bog‘lanib uchrashuvni tashkil etish uchun tayyorgarlik boshlanganini bildirdi.

Bundan tashqari, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uchrashuv Jeneva shahrida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi. Xalqaro jinoiy sud a’zosi bo‘lgan Shveysariya hukumati Putinga safar davomida daxlsizlik berishga tayyorligini rasman ma’lum qildi.

Shveysariya tashqi ishlar vaziri Inyatsio Kassisning so‘zlariga ko‘ra, muayyan sharoitlarda Putinga mamlakatga tashrif buyurishga ruxsat beriladi. O‘tgan yilda Shveysariya hukumati xalqaro hibsga olish orderi ostida bo‘lgan shaxslarga immunitet berish qoidalarini belgilagan.

G‘arb nashrlarida uchrashuv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan boshqa joylar sifatida Rim va Budapesht shaharlarining nomi ham tilga olinmoqda. Rossiya tomoni hozircha Putinning Ukraina prezidenti bilan uchrashuvga rozilik bergani haqida rasmiy tasdiq bermadi.

Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov esa faqat Putin va Tramp o‘rtasida Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama muzokaralarni kuchaytirish borasida fikr almashilganini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026