Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+14°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol eri tomonidan pichoqlandi

Dunyo
64
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol eri tomonidan pichoqlandi
Istanbul shahrining Umraniya tumanida 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nigina Sattorova eri tomonidan pichoqlanib vafot etdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa Aytosh ko‘chasida sodir bo‘ldi. Guvohlarning ma’lumotiga ko‘ra, 1992 yilda tug‘ilgan ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan rashk sababli omma oldida bo‘ynidan pichoqlangan.

Tez yordam xizmati yetib kelganda, ayol allaqachon hayotdan ko‘z yumgan edi. Hodisa yuz berganidan so‘ng, qotillikda gumon qilingan ikki kishi ushlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayolning eri jinoyatdan so‘ng do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘rmon hududiga qochishga harakat qilgan. Politsiya tezkor harakat qilib, keng qamrovli qidiruv o‘tkazdi va qisqa vaqt ichida gumonlanuvchi hamda uning do‘stini qo‘lga oldi.

Hozirda marhumaning jasadi sud-tibbiy ekspertizaga yuborilgan. Hodisa bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026