Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Nigeriyada masjidga hujumda 50 dan ortiq halok

Dunyo
31
Nigeriyada masjidga hujumda 50 dan ortiq halok
Nigeriyada yana bir dahshatli fojia yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Shimoliy-g‘arbiy hududda joylashgan Katsina shtatining Malumfashi tumanidagi Unguvan-Mantau shahrida qurolli guruh tomonidan uyushtirilgan hujum butun mamlakat aholisini xavotirga solmoqda. Mahalliy manbalarga ko‘ra, 19 avgust kuni bomdod namozi vaqtida masjidga bostirib kirgan jangarilar tinch aholiga o‘q uzib, ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi.

Reuters agentligi va media.az nashrlari xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, 60 nafar fuqaro jangarilar tomonidan zo‘rlab olib ketilgan.

Bu esa voqeaning nafaqat tragediya, balki mahalliy aholi uchun yangi xavf va iztirob manbai ekanini ko‘rsatmoqda. Guvohlarning aytishicha, qurollangan shaxslar mototsikllarda kelib, masjid ichidagi odamlar tomon o‘q uzgan.

Keyin qishloq ko‘chalarida harakatlanib, yana tinch aholiga hujum qilgan. Hatto ular bir nechta uylarni ham yondirib yuborgan.

Bu holat qishloq aholisining hayoti va mulkini butunlay xavf ostida qoldirganini yana bir bor tasdiqlaydi. Katsina shtati politsiyasi vakili Abubakar Sodiq Aliy jurnalistlarga ma’lum qilishicha, xavfsizlik kuchlari ayrim jangarilarni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, ular tomonidan ikki qishloqqa rejalashtirilgan yangi hujumlarning oldi olingan. Biroq qochib ketgan jangarilar Mantau hududi orqali yana aholini nishonga olib, odamlarning hayotiga tahdid solmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda Nigeriyaning shimoliy-g‘arbiy hududlarida noqonuniy qurolli tuzilmalar va jinoyatchi guruhlar faoliyati keskin kuchaygan. Ular qishloqlarga hujum qilib, aholi va fermerlarni tovonga majbur qiladi, yo‘lovchilarni yo‘llarda to‘xtatib o‘g‘irlaydi hamda pul evaziga qaytarib berish bilan shug‘ullanadi.

Shubhasiz, Unguvan-Mantauda sodir bo‘lgan ushbu qonli voqea mamlakat xavfsizligi uchun jiddiy sinovdir. Mahalliy aholi esa hukumat va xavfsizlik kuchlaridan qat’iy choralar ko‘rib, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashni talab qilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026