ENRU

Qirg‘izistonda tibbiyotda choy puli qonuniy bo‘ladi

Dunyo
35
Qirg‘izistonda tibbiyotda choy puli qonuniy bo‘ladi
Qirg‘izistonda tibbiyot xodimlariga “choy puli” berishni qonuniylashtirish bo‘yicha yangi taklif muhokama qilinmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Adliya vaziri Ayaz Bayetov 19 avgust kuni o‘tkazilgan idoralararo komissiya yig‘ilishida “ixtiyoriy qo‘shimcha to‘lov” tizimini joriy etish taklifini ilgari surdi. Vazirning ta’kidlashicha, bu tizim to‘liq shaffof bo‘lishi kerak.

To‘lovlar faqat kassalar orqali amalga oshirilishi, xizmat ko‘rsatilgandan keyin to‘lanishi va belgilangan chegaradan oshmasligi lozim. Ayaz Bayetov “ofitsiantga beriladigan choychaqa yaxshi odat, vrachga beriladigan esa pora hisoblanadi” degan fikrni noto‘g‘ri deb baholadi.

U to‘lov tizimining tijoratlashib ketmasligi uchun bemorlardan xizmat ko‘rsatilishidan oldin pul talab qilinmasligi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, bemorlar to‘lovdan voz kechishi mumkinligi, “ixtiyoriylik” haqidagi hujjatlar xizmatdan keyin imzolanishi kerakligi aytildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Erkin Checheybayev ham bu taklifni qo‘llab-quvvatlab, to‘lovlar faqat ixtiyoriy ravishda va kassalar orqali amalga oshirilishi lozimligini qayd etdi. Unga ko‘ra, yig‘ilgan mablag‘ning bir qismi shifoxonani rivojlantirishga, qolgan qismi esa shifokorlar, hamshiralar va sanitar xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga sarflanishi mumkin.

Ushbu tashabbus tibbiyot sohasida poraxo‘rlikning oldini olish va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59