ENRU

Akitada 93 yoshli erkak o‘g‘li tomonidan o‘ldirildi

Dunyo
32
Akitada 93 yoshli erkak o‘g‘li tomonidan o‘ldirildi
Yaponiyaning Akita viloyatida yuzaga kelgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Dastlab, 93 yoshli erkakning o‘limiga ayiq hujumi sabab bo‘lgani taxmin qilingandi. Biroq keyinchalik tergov natijalari uning o‘g‘li tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani aniqlandi.

Marhumning 51 yoshli o‘g‘li Fudziyuki Shindo ushbu jinoyat yuzasidan hibsga olindi. U ota-onasi bilan birga yashagan.

Politsiya dastlab ayiq hujumi haqida aholini ogohlantirgan, ammo jarohatlarning pichoqlash natijasida yuzaga kelgani aniqlangach, bu ma’lumotni bekor qildi. Tergov davomida uyda bir nechta pichoq topilgan va aynan qaysi pichoq ishlatilgani hamda jinoyat sababi aniqlanmoqda.

So‘nggi yillarda Yaponiyada ayiq hujumlari keskin oshgan. O‘tgan yil davomida 219 kishi ayiq hujumiga uchragan, shulardan 6 nafari halok bo‘lgan.

Iyul oyida ham gazeta tarqatuvchi erkak jigarrang ayiq hujumida vafot etgandi. Mutaxassislar fikricha, shimoliy Yaponiyada aholining qarishi va qishloq xo‘jaligi maydonlarining qisqarishi natijasida ayiq yashash hududlari odamlar yashaydigan maskanlarga yaqinlashmoqda.

Shu sababli hukumat ov qonunlarini yumshatib, ayiq ovlash va otishni osonlashtirdi. So‘nggi paytlarda minglab ayiq ovchilari tomonidan qo‘lga olinib yo‘q qilindi.

Bu holat hududlardagi xavfsizlikni ta’minlash va tabiat muvozanatini saqlashda yangi qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40