Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+11°
пасмурно ветер 4 м/с, З
ENRU

Isroil G‘azo shahrini nazoratga olishni boshladi

Dunyo
81
Isroil G‘azo shahrini nazoratga olishni boshladi
Isroil mudofaa kuchlari G‘azo shahrini to‘liq nazorat qilish rejasining birinchi bosqichini boshlaganini e’lon qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Harbiylar shahar chekkalarida allaqachon joylashganini ma’lum qildi. Bu operatsiya mudofaa vaziri Isroil Katz tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, yaqinda xavfsizlik kengashida ham muhokama qilinadi.

Sentabr boshidan boshlab taxminan 60 ming zaxira askar safarbar etilishi rejalashtirilgan. Harbiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda askarlar Zeitun va Jabaliya hududlarida faoliyat olib bormoqda.

Ushbu joylarda qurol-aslaha saqlangan yerosti tunnelari aniqlangan. Isroil hukumati shahar aholisiga zarar yetkazmaslik maqsadida fuqarolarni evakuatsiya qilish rejasini ham ishlab chiqmoqda.

Biroq, G‘azo tomonidagi vaziyat hanuzgacha murakkabligicha qolmoqda. Hamas Isroilni “aybsiz tinch aholiga qarshi urushni davom ettirishda” ayblamoqda.

G‘azodagi fuqarolik mudofaasining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi zarbalarda 25 kishi, jumladan bir oilaning besh a’zosi halok bo‘lgan. Xalqaro hamjamiyat Isroilning bu harakatlaridan xavotir bildirmoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bu voqealar mintaqani “abadiy urush girdobiga” tortib qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi. Qatar va Misr vositachiligida sulh bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Hamas 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarning bir qismini ozod qilish taklifini qabul qilganini bildirdi. Biroq Isroil barcha garovdagilarni ozod etishni talab qilmoqda.

Hozirgacha G‘azoda 62 mingdan ortiq odam halok bo‘lgani ma’lum qilinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026