Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+17°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СВ
ENRU

G‘azoda 514 ming kishi ocharchilikdan aziyat chekmoqda

Dunyo
31
G‘azoda 514 ming kishi ocharchilikdan aziyat chekmoqda
BMTning globall ochlikni kuzatish tizimi IPC G‘azo shahri va uning atrofida rasmiy ocharchilik boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Hozirda 514 ming kishi, ya’ni aholining taxminan to‘rtinchi qismi ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Sentyabr oyining oxiriga kelib, bu ko‘rsatkich 641 ming kishiga yetishi kutilmoqda.

BMTning insonparvarlik ishlari bo‘yicha rahbari Tom Fletcher bu fojiani oldini olish mumkinligini ta’kidladi. Biroq, Isroil tomonidan yaratilgan tizimli to‘siqlar sababli oziq-ovqat yordamlari chegaralarda to‘xtab qolmoqda.

Isroil esa bu hisobotni yolg‘on va tarafkashlik deb rad etdi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azodagi ocharchilikni insoniyat uchun fojia deb atab, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va insonparvarlik yordamlarini bemalol yetkazishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, bu IPC tomonidan Afrikadan tashqarida qayd etilgan birinchi ocharchilikdir. Vaziyat Deir al-Balah va Xon Yunis hududlariga ham yoyilishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda.

G‘azo hududida yuzaga kelgan ocharchilik aholi hayotiga jiddiy xavf solmoqda. Shuning uchun ham xalqaro hamjamiyatning tezkor va samarali harakat qilishi zarur hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026