Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Luizianada motor moyi zavodida kuchli portlash yuz berdi

Dunyo
36
Luizianada motor moyi zavodida kuchli portlash yuz berdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Luiziana shtatida joylashgan "Smitty’s Supply" motor moyi ishlab chiqarish zavodida favqulodda holat yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona hududida bir necha kuchli portlashlar sodir bo‘ldi va ular natijasida katta yong‘in avj oldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashlardan so‘ng zavod ustida bir necha soat davomida qalin qora tutun ko‘tarilib turgan.

Atrofdagi aholi va haydovchilar tomonidan olingan videolarda yong‘inning kuchliligi va portlashlarning ketma-ket sodir bo‘layotgani aniq ko‘rinib turadi. Bu haqda "Life Times" nashri xabar berdi.

"ABC News" ma’lumotlariga ko‘ra, aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida shoshilinch choralar ko‘rildi. Zavoddan taxminan ikki kilometr masofada joylashgan Roseland shahri aholisi zudlik bilan evakuatsiya qilinmoqda.

Qutqaruvchilar va mahalliy hokimiyat vakillari xavfli hududdan uzoqlashishni talab qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi portlash korxonaning asosiy ishlab chiqarish sexida yuz berdi.

Yong‘in zavodning katta qismini qamrab oldi va keyinchalik yana bir necha portlash yuz berdi. Bu holat yong‘inni nazorat qilishni qiyinlashtirmoqda.

Hozirda o‘t o‘chiruvchilar va favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari yong‘inni bartaraf etish uchun uzluksiz ishlamoqda. Mas’ullar hodisa sabablari va yo‘qotishlar miqyosini to‘liq o‘rganmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026