Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+10°
ясно ветер 2 м/с, С
ENRU

Emine Erdo‘g‘on Melaniya Trampga gumanitar murojaat yo‘lladi

Dunyo
43
Emine Erdo‘g‘on Melaniya Trampga gumanitar murojaat yo‘lladi
Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning rafiqasi, mamlakatning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘on yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning turmush o‘rtog‘i Melaniya Trampga samimiy va ta’sirli maktub yo‘lladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Anadolu axborot agentligi xabariga ko‘ra, maktubda Emine xonim Melaniya bilan olti yil oldin Oq uyda bo‘lib o‘tgan shaxsiy uchrashuvini esga oldi hamda uning Rossiya rahbari Vladimir Putinga yozgan xatini yodga soldi. Shu orqali u avvalgi munosabatlarni yangicha ma’noda davom ettirishga intilishini bildirdi.

Emine Erdo‘g‘on maktubda bolalarning g‘amxo‘rlikda va xavfsiz muhitda o‘sish huquqi butun dunyoda umumiy va muhim ekanligini ta’kidladi. U bu huquq irq, din yoki mafkuradan qat’iy nazar har bir inson uchun teng darajada muhim ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, bu huquqdan mahrum bo‘lganlarga yordam ko‘rsatish insoniyat oldidagi eng oliy burchlardan biri ekanligini bildirgan. Turkiyaning birinchi xonimi Melaniya Trampning urush qurboni bo‘lgan 648 ukrainalik bolaga ko‘rsatgan e’tiborini eslatib o‘tdi va shu kabi diqqatni G‘azo sektoridagi halokatli vaziyatga ham qaratish zarurligini alohida ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida ushbu hududda 62 mingdan ortiq tinch aholi, jumladan 18 mingdan ziyod bola halok bo‘lgan. G‘azoda har 45 daqiqada bir bola hayotdan ko‘z yumayotgani, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan bu hudud “do‘zax” va “bolalar qabristoni” deb atalayotgani bejiz emasligi aytildi.

Bola hayoti arzon hisoblanmasligi kerakligi ta’kidlandi. Emine Erdo‘g‘on G‘azoda yashayotgan bolalar nafaqat jismoniy qiyinchiliklarga, balki chuqur ruhiy iztiroblarga ham duch kelayotganini bildirdi.

Shu bois ular ham baxtli, erkin va tinch kelajakka ega bo‘lish huquqiga ega ekanligini qayd etdi. U Melaniya Trampni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga gumanitar halokatni to‘xtatishga chaqiruvchi maxsus maktub yuborishga ham undadi.

Maktubda shuningdek, dunyo Falastin masalasidan birdek tashvishda ekanligi ta’kidlandi. Melaniya Trampning qat’iy chaqirig‘i Falastin xalqi oldidagi tarixiy mas’uliyat sifatida qabul qilinishi lozimligi, ona va inson sifatida uning so‘zlaridagi samimiy his-tuyg‘ular chuqur anglanishi ifodalandi.

Umid qilinishicha, Melaniya Tramp G‘azo bolalari uchun umid nurini yoqadi. Shu tariqa, Emine Erdo‘g‘onning murojaati xalqaro hamjamiyat e’tiborini yana bir bor bolalar taqdiriga qaratishga qaratildi va u Melaniya Trampdan insonparvarlik tashabbusida hamjihatlik kutmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026