Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Dubay aeroportida sun’iy intellekt yo‘lagi ishga tushdi

Dunyo
54
Dubay aeroportida sun’iy intellekt yo‘lagi ishga tushdi
Dubay xalqaro aeroportida jahon miqyosida birinchi marta sun’iy intellekt texnologiyasi asosida yaratilgan maxsus yo‘lak ishga tushirildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda AZERTAC agentligi ma’lum qildi. Yangi tizimning asosiy maqsadi yo‘lovchilar harakatini tezlashtirish va ularga hujjatlarni ko‘rsatmasdan to‘xtovsiz immigratsiya nazoratidan o‘tish imkonini yaratishdir.

Dubay Rezidentlik va xorijliklar bilan aloqalar boshqarmasi bosh direktori, general-leytenant Muhammad Ahmad Al Marri so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt yo‘lagi bir vaqtning o‘zida o‘n nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Tizim yo‘lovchilarni nazorat punktlariga yetib borgunga qadar aniqlaydi va ularning xavfsizligini ta’minlaydi.

Yangi yo‘lak joriy etilishi aeroportning o‘tkazuvchanlik salohiyatini ikki barobarga oshirishga yordam beradi. Bu nafaqat yo‘lovchilar oqimini tez va samarali boshqarishga, balki qoidabuzarlik holatlarini vaqtida aniqlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, shubhali pasport va hujjatlar darhol tegishli mutaxassislarga yo‘naltiriladi. Eslatib o‘tish kerakki, Dubay xalqaro aeroporti 2024 yil yakunida xalqaro yo‘lovchi tashish bo‘yicha dunyodagi eng gavjum va serqatnov havo bandargohi maqomini saqlab qolgan.

Yangi texnologiyalar kutish vaqtini qisqartiradi, yo‘lovchi oqimini tartibga soladi va har bir sayohatchi uchun qulaylik yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59