Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+16°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, ЮЗ
ENRU

Uayt orolida yangi dinozavr turi kashf qilindi

Dunyo
43
Uayt orolida yangi dinozavr turi kashf qilindi
Buyuk Britaniyaning Uayt oroli hududida noyob dinozavr turi kashf etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu topilma yelkanga o‘xshash organi mavjud bo‘lgan yangi dinozavrga tegishli ekani aniqlangan. Bu haqida CNN nashri ma’lumot berdi.

London tabiiy tarix muzeyi 22 avgust kuni ushbu yangilikni rasmiy ravishda e’lon qildi. Yangi dinozavr Istiorachis macarthuraye deb nomlangan bo‘lib, u taxminan 120 million yil oldin, ilk krit davrida yashagan.

Bu dinozavr o‘sha davrda keng tarqalgan iguanodon turlari bilan birga yer yuzida yashagan. Iguanodonlar asosan o‘txo‘r bo‘lib, so‘nggi yura davridan boshlab krit davrining dastlabki bosqichlarigacha mavjud bo‘lgan.

Olimlar aytishicha, dinozavr orqasidagi noodatiy organning aniq vazifasi hali to‘liq ma’lum emas. Bir necha nazariyalarga ko‘ra, u jinsiy tanlov va juft topishda muhim rol o‘ynagan.

Xuddi tovus qanoti singari, qarama-qarshi jins vakillarining e’tiborini jalb qilish uchun xizmat qilgan bo‘lishi mumkin. Qiziq tomoni shundaki, ushbu suyak qoldiqlari 40 yil oldin topilgan, ammo ular ilgari Uayt orolida yashagan boshqa iguanodontiya turlariga tegishli deb hisoblangan.

Olim Jeremy Lokvud doktorlik ishini olib borar ekan, suyaklarni qayta tahlil qilib, ularning umurtqalari ancha uzun va g‘ayrioddiy shaklga ega ekanini aniqladi. Lokvudning fikricha, aynan ushbu noodatiy umurtqa tuzilishi va yelkanga o‘xshash organ dinozavrni alohida tur sifatida tasniflashga imkon berdi.

Bu haqda olimning maqolasi Papers in Palaeontology jurnalida chop etilgan. Dinozavr balandligi taxminan ikki metr, og‘irligi esa bir tonna atrofida bo‘lgan.

Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, Istiorachis macarthuraye umurtqasi asta-sekin uzunlashayotgan davrda yashagan. Bu esa hayvonning harakatlanishi va og‘ir tana massasini qo‘llab-quvvatlash uchun kuchli mushaklar zarurligini bildiradi.

Lokvud bu organ tananing haroratini muvozanatlash uchun xizmat qilgan degan nazariyani rad etdi, chunki qon tomirlari juda ko‘p bo‘lib, jarohat olganda katta qon yo‘qotilishi mumkin edi. Olimning ta’kidlashicha, bu organ ko‘proq jinsiy tanlov va juft topishda muhim rol o‘ynagan.

Qarama-qarshi jinsni o‘ziga jalb qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Shu bilan birga, Uayt orolida yana bir yangi iguanodontiya turining kashf etilishi, hududning ilk krit davrida juda boy va xilma-xil hayvonot dunyosiga ega bo‘lganidan dalolat beradi.

Lokvud kelgusida bu yerdan yana ko‘plab qimmatli topilmalar aniqlanishiga umid bildirganini ma’lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026