ENRU

Guardamar plyajlarida zaharli moviy ajdaho paydo bo‘ldi

Dunyo
132
Guardamar plyajlarida zaharli moviy ajdaho paydo bo‘ldi
Ispaniyaning Alikante viloyatidagi Guardamar del Segura shahrida kutilmagan holat yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Shaharning mashhur plyajlarida suv ostida yashovchi zaharli va noyob dengiz jonzoti — “Glaucus atlanticus”, ya’ni “moviy ajdaho” deb ataluvchi kichik shilliqqurt paydo bo‘ldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi, shuningdek, CNN nashri ham voqeani yoritdi.

20 avgust kuni Guardamar politsiyasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida rasmiy bayonot bilan chiqdi. Unda aholi va sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida shahar sohillarida vaqtincha suzish man etilgani bildirildi.

“Moviy ajdaho” paydo bo‘lgani sababli barcha plyajlar yopilib, faqat yangi ko‘rsatmalardan so‘ng qayta ochilishi aytildi. Mazkur jonzot tashqi qiyofasi bilan afsonaviy ajdahoga o‘xshashligi sababli shunday nomlangan.

Uning uzunligi atigi uch santimetr bo‘lsa-da, zaharliligi tufayli juda xavfli hisoblanadi. Olimlarning ma’lumotiga ko‘ra, “moviy ajdaho” o‘zidan ancha katta dengiz hayvonlarini yeb, ularning zaharini o‘z tanasida to‘playdi va undan o‘ljasini falaj qilish uchun foydalanadi.

U o‘zidan 300 barobar katta bo‘lgan o‘ljani ham ta’sirsizlantira oladi. Politsiya ogohlantirishicha, ushbu shilliqqurt bilan kontakt inson terisida kuchli kuyish va og‘riqlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun mahalliy aholi va sayyohlar qum ustida yoki suvda noodatiy jonzotni ko‘rgan taqdirda unga tegmasliklari zarur. Shahar meri Xose Luis Sayes ham aholini juda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

U: “Unga hatto qo‘lqop bilan ham tegmang. Agar kimdir chaqib olsa, ta’sirlangan joyni darhol sho‘r suv bilan yuvib, tibbiy yordamga murojaat qiling”, dedi.

Bir necha kundan so‘ng plyajlardagi taqiq olib tashlandi va suvga kirishga ruxsat berildi. Biroq mahalliy hokimiyat va mutaxassislar ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish zarurligini ta’kidlashmoqda.

Ma’lumot uchun, Alikante viloyati Ispaniyaning eng mashhur sayyohlik hududlaridan biri hisoblanadi. U quyoshli iqlimi, sof qumli plyajlari va qoyali sohillari bilan millionlab sayyohlarni jalb qiladi.

Ammo “moviy ajdaho”ning paydo bo‘lishi bu hududdagi turizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qayd etilishicha, mazkur shilliqqurt odatda Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining iliq suvlarida uchraydi.

Ular oqim va shamol ta’sirida harakatlanadi. O‘rta Yer dengizida esa uning paydo bo‘lishi juda kam uchraydigan holat hisoblanadi.

Shuning uchun Guardamar shahrida “moviy ajdaho”ning ko‘rinishi tabiatshunoslar uchun ham noodatiy hodisa sifatida baholandi.

O‘xshash yangiliklar

Hurmuz bo‘g‘ozidagi inqiroz AQSH banklarini iqtisodiy zoriga uchratdi
Hurmuz bo‘g‘ozidagi inqiroz AQSH banklarini iqtisodiy zoriga uchratdi
Dunyoning eng muhim neft arteriyasi hisoblanadigan Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi keskin geosiyosiy vaziyat va yuk tashuvlarining bloklanishi jahon bozoriga og‘ir zarba
DunyoKecha, 23:29
Makron Parijdagi noroziliklar ortidan xalqqa videomurojaat qildi
Makron Parijdagi noroziliklar ortidan xalqqa videomurojaat qildi
Fransiya poytaxti Parij va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida yashash xarajatlari keskin oshgani hamda yoqilg‘i mahsulotlari narxining ko‘tarilishi ortidan keng ko‘lamli norozilik namoyishlari
DunyoKecha, 22:32
Peruda topilgan yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi
Peruda topilgan yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi
Peruning And tog‘lari hududida botaniklar tomonidan yangi o‘simlik turi kashf etildi va unga jahon futboli yulduzi Lionel Messi sharafiga Salvia messii deb nom berildi.
DunyoKecha, 20:13
«Krishtianu Ronaldu» 10 mln yevro sarmoya kiritdi, «Outeirinho» bilan sheriklikda yangi suv brendi yaratadi
«Krishtianu Ronaldu» 10 mln yevro sarmoya kiritdi, «Outeirinho» bilan sheriklikda yangi suv brendi yaratadi
Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning yirik Outeirinho guruhi bilan sheriklikda yangi premium mineral suv brendi yaratish uchun 10 million yevro sarmoya kiritdi.
DunyoKecha, 16:14
Ayova shtati OpenAI ga sudga murojaat qildi ChatGPT xavfsizligi sababli
Ayova shtati OpenAI ga sudga murojaat qildi ChatGPT xavfsizligi sababli
AQSHning Ayova, Kanzas, Arizona, Arkanzas, Aydaxo, Montana, Nebraska va G‘arbiy Virjiniya shtatlari OpenAI kompaniyasi ustidan sudga murojaat qildi. Bu shtatlar bosh
DunyoKecha, 15:57
Fransiyada yashash xarajatlari oshib katta ommaviy namoyishlar o‘tkazildi
Fransiyada yashash xarajatlari oshib katta ommaviy namoyishlar o‘tkazildi
Fransiya bo‘ylab yashash xarajatlari keskin oshib, inflyatsiya yoqib, yoqilg‘i narxlari oshib turgani sababli kutilmagan darajada yirik va shiddatli ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Bu
DunyoKecha, 12:37