Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Kuvaytda noqonuniy spirtli ichimliklar 23 kishi o‘ldirdi

Dunyo
44
Kuvaytda noqonuniy spirtli ichimliklar 23 kishi o‘ldirdi
Kuvaytda so‘nggi kunlarda noqonuniy spirtli ichimliklar iste’moli natijasida yuzaga kelgan voqea jamoatchilik orasida katta tashvishga sabab bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, yashirin ravishda ishlab chiqarilgan alkogolli ichimliklarni iste’mol qilgan kamida 23 kishi vafot etdi. Bu haqda vazirlik o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifasida ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, mamlakatda spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish va tarqatish qat’iyan taqiqlangan. Shunga qaramay, ayrim shaxslar yashirincha bunday mahsulotlarni tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.

Nazorat va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi iste’molchilar uchun jiddiy zaharlanish xavfini tug‘diradi. Politsiya tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar natijasida 67 nafar gumondor qo‘lga olindi.

Shu bilan birga, yashirin faoliyat yuritgan 6 ta ishlab chiqarish nuqtasi va hali ishga tushmagan 4 ta zavod aniqlanib, faoliyati to‘xtatildi. Ular uy-joy va sanoat hududlarida yashirincha faoliyat yuritgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, metanol bilan zaharlanish holatlari 160 taga yetdi. Jabrlanganlarning ko‘pchiligi asosan Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlari bo‘lib, ulardan 23 nafari vafot etdi.

Avvalroq halok bo‘lganlar soni 13 kishi deb xabar qilingan edi, ammo keyinchalik qurbonlar soni oshdi. Ichki ishlar vazirligi aniqlashicha, jinoiy guruhning boshlig‘i Bangladesh fuqarosi bo‘lib, u qo‘lga olindi.

Shuningdek, yana bir gumondor nepallik ekani ma’lum qilindi. Kuvayt qonunchiligiga muvofiq, mamlakatda aroq, vino va boshqa alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish hamda uyda saqlash qat’iyan taqiqlanadi.

Faqat diplomatik vakolatxonalar yoki chet elliklarga tegishli yopiq klublarda istisnolar bo‘lishi mumkin. Ushbu fojea noqonuniy ishlab chiqarishning xavfli oqibatlarini yana bir bor ko‘rsatib berdi va odamlar hayotini himoya qilish maqsadida qonun-qoidalarga qat’iy rioya qilish zarurligini yodga soldi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026