Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Ganna Kuzmina Karakat mushuklarini yetishtirmoqda

Dunyo
34
Ganna Kuzmina Karakat mushuklarini yetishtirmoqda
Dunyodagi noyob Karakat mushuklari Ganna Kuzmina nazoratida yetishtirilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Karakat zoti uy mushugi bilan yovvoyi karakaldan olingan gibrid bo‘lib, uning asosiy seleksioneri va muallifi Vipleo kompaniyasi asoschisi Ganna Kuzminadir. Kuzmina ta’kidicha, u dunyoda birinchi rasmiy Karakat zotini yaratgan va bu ishning maqsadi genetik jihatdan barqaror, inson bilan yaxshi aloqada bo‘la oladigan, sog‘lom va xulqi muvozanatli gibridni shakllantirishdir.

Ganna Kuzmina seleksion ishlarini 2010-yilda Ukrainada serval, otselot va karakal zotlari bilan boshlagan. Bir yil o‘tib, Vipleo kompaniyasi tashkil etilib, Karakat zotini rivojlantirishda yetakchi brendga aylangan.

Karakat mushuklari o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadi — karakalga xos quloqlari, yirtqichga o‘xshash yuz tuzilishi va noodatiy ranglari ularni noyob qiladi. Eng muhim jihati esa ularning ijtimoiylik qobiliyati va inson bilan yaqin munosabat o‘rnatishidir.

Karakatlar suvni yaxshi ko‘radi, sayrga tez moslashadi va zanjirbandda ham olib yurilishi mumkin. Kuzmina so‘zlariga ko‘ra, seleksiya jarayonida asosiy e’tibor Karakatlarning genetik barqarorligi va sog‘lom hayot tarziga qaratilgan.

Yillar davomida olib borilgan ishlar natijasida ular nafaqat ekzotik ko‘rinishga, balki mustahkam sog‘liqqa va muvozanatli xulqqa ega bo‘lgan. O‘zbekistonda Karakat zoti ilk bor 2018-yil Toshkentda o‘tkazilgan “Kashmir-2018” xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etildi.

Kuzmina ushbu tadbirda Karakatlarning xulq-atvori, parvarishi va xavfsiz saqlash usullari haqida ma’lumot berdi. Mahalliy mutaxassislar va mehmonlar katta qiziqish bilan savollar berib, bu uning professional faoliyati uchun muhim tajriba bo‘ldi.

Shu kuni “Dunyo bo‘ylab” telekanali Karakatlar haqida maxsus reportaj tayyorladi. Bugungi kunda Vipleo brendi dunyoda keng tanilgan.

2020-yilda kompaniya birinchi bo‘lib ko‘k rangli Karakatlarni yaratdi, 2021-yilda esa Karakat naslchiligida yangi bosqichga erishildi. 2022-yilda esa urush sababli faoliyat AQSHning Florida shtatiga ko‘chirildi va yanada rivojlandi.

Kuzmina aytishicha, eng noyob Karakatlar aynan ularning nazoratida tug‘ilib, parvarish qilinmoqda. Kelgusida Kuzmina faqat seleksionerlik bilan cheklanmay, ilmiy ekspert sifatida ham veterinar klinikalari va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

U gibrid mushuklarning sog‘ligi, xulqi, oziqlanishi va qonunchilik masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi. Asosiy maqsad Karakatlarni genetik jihatdan yanada barqaror va ijtimoiy moslashuvchan zotga aylantirishdir.

Shuningdek, u xalqaro, jumladan Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kuzmina O‘zbekistonda o‘tkazilgan ko‘rgazmani muhim bosqich deb hisoblaydi va kelajakda ham bu yerda hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanligini bildiradi.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59