Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Vetnamda kuchli bo‘ron 586 ming odamni ko‘chirdi

Dunyo
71
Vetnamda kuchli bo‘ron 586 ming odamni ko‘chirdi
Vetnamda kuchli bo‘ron sababli 586 mingdan ortiq odam o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bo‘ron Dushanba kuni ertalab mamlakat qirg‘oqlariga yetib kelishi kutilmoqda. Hozirda shamol tezligi soatiga 166 kilometrni tashkil etmoqda va yanada kuchayishi mumkin.

Eng katta xavf markaziy viloyatlarda kuzatilmoqda. Shu bois aholiga uylarini tark etish buyurildi, samolyot reyslari bekor qilindi va kemalarga dengizga chiqish taqiqlandi.

Bo‘ron Xitoyning Xaynan oroli yaqinidan o‘tmoqda, bu hududda 320 millimetrgacha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Vetnamda esa yomg‘ir miqdori 300–400 millimetrgacha yetishi, shamol tezligi esa 200 km/soatgacha oshishi mumkin.

Dengizda 2–4 metr balandlikdagi to‘lqinlar paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud. Rasmiylar yakshanba kuni soat 14:00 dan keyin odamlarni ko‘chaga chiqmaslikka chaqirdi.

Harbiylar fuqarolarga yordam berish uchun safarbar etildi. Mutasaddilar bo‘ronni “o‘ta xavfli” deb baholab, baliqchilik, turizm va boshqa faoliyatlar uchun to‘liq yaroqsiz ekanini ta’kidladi.

Vetnam Airlines kamida 22 ta reysni bekor qildi. Mutaxassislar bu safar yuz berayotgan tayfun o‘tgan yilgi bo‘ron kabi katta zarar yetkazishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

O‘sha vaqtda Vetnamda 300 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi. Bu holat aholining xavfsizligini ta’minlash va tabiiy ofat oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishni talab qiladi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026