Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 noyabr
+15°
bulutli shamol 2 m/s, janubi-sharq
ENRU

Vetnamda kuchli to‘fon sabab evakuatsiya boshlandi

Dunyo
41
Vetnamda kuchli to‘fon sabab evakuatsiya boshlandi
Vetnam hukumati mamlakatning bir qancha hududlarida aholini xavfsizlik maqsadida ommaviy evakuatsiya qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli “Kadziki” to‘foni 25 avgust kuni sohilga yetib kelishidan oldin 586 mingdan ortiq fuqaro xavfli hududlardan ko‘chiriladi. Bu haqda CNBC manbalari xabar berdi.

“Kadziki” to‘foni 20 avgust kuni Filippin yaqinidagi dengizda shakllangan va tez sur’atda kuchayib, Xitoy hamda Vetnam yo‘nalishiga qarab harakat qilmoqda. Hozirda to‘fon shamol tezligi soatiga 200 kilometrga yaqinlashmoqda.

Sinoptiklarning baholashicha, to‘fon sohilga yetib kelganda 300–400 millimetrgacha yog‘ingarchilik keltirishi mumkin. Bu esa suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfini oshiradi.

Shuningdek, kuchli shamol ta’sirida dengizdagi to‘lqinlar balandligi 2–4 metrgacha yetishi mumkin. Mintaqada taxminan 60 mingga yaqin kichik qayiq va kema egalari oldindan ogohlantirilgan.

To‘fon nafaqat aholi xavfsizligiga, balki qishloq xo‘jaligiga ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, 300 ming gektardan ortiq guruch maydonlari va 77 ming mevali daraxt plantatsiyalari yo‘qotishlarga uchrashi ehtimoli mavjud.

Vetnamning yirik aviakompaniyalari – Vietnam Airlines va Vietjet Aviation xavfsizlik chorasi sifatida mamlakatning markaziy shaharlariga qaratilgan bir qator reyslarni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu hodisa so‘nggi yillarda Vetnamda kuzatilgan eng katta tabiiy ofatlardan biri bo‘lishi mumkin.

Shu sababli hukumat barcha resurslarni safarbar qilib, evakuatsiya va qutqaruv ishlarini qat’iy nazorat ostida olib bormoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026