Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+10°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Isroil G‘azoda shifoxonaga raketa urdi

Dunyo
28
Isroil G‘azoda shifoxonaga raketa urdi
Isroil Janubiy G‘azodagi Nasser shifoxonasiga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujumda kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida to‘rt nafar jurnalist ham bor.

Mahalliy aholi bildirganidek, hujum ikki marta amalga oshirilgan. Birinchi portlashdan so‘ng jarohatlanganlarga yordam berayotgan paytda ikkinchi zarba berilgan.

Shu sababli qurbonlar soni oshgan. Hujum vaqtida qutqaruvchilar ham jarohat olgan.

Internetda tarqalgan videolarda shifoxona ichida odamlar vahimaga tushib, yugurib qochayotgani ko‘rinadi. Isroil armiyasi hujumni tasdiqladi va hozirda voqea yuzasidan tekshiruv olib borilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar maxsus nishon qilinmagan. Biroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jurnalistlarni Himoya Qomitasining vakillari Isroildan aniq dalillarni so‘ramoqda.

Ushbu voqea ikki hafta oldin Al-Shifa shifoxonasi yaqinida yuz bergan va olti jurnalist halok bo‘lgan hujumdan keyin sodir bo‘ldi. BMT bunday hujumlarni xalqaro qonunlarga zid deb hisoblab, qat’iy qoralamoqda.

Mazkur hodisa xalqaro hamjamiyatda katta xavotir uyg‘otmoqda va inson huquqlari himoyasi masalasi yana bir bor dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026