Bugun
Suriya rahbari Isroil bilan maxfiy muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi
+28°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮЗ
ENRU

Rossiyada migrantlar uchun ayollarga munosabat imtihoni taklifi

Dunyo
26
Rossiyada migrantlar uchun ayollarga munosabat imtihoni taklifi
Rossiya parlamentida yangi qonun loyihasi muhokamaga kiritildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tashabbus migrantlar uchun majburiy imtihonga ayollarga munosabat qoidalarini kiritishni nazarda tutadi. “Yangi odamlar” fraksiyasi deputatlari Vladislav Davankov, Yaroslav Samilin va Kseniya Goryacheva fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkovga murojaat qilib, bu taklifni ilgari surdilar.

Ularning fikricha, so‘nggi yillarda migrantlar tomonidan jamoat tartibini buzish holatlari ko‘paygani sababli, ayollarga nisbatan hurmatsizlik va bezorilik kabi holatlar jiddiy muammo sifatida yuzaga kelmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda Rossiyada ma’muriy chiqarish va deportatsiya qarorlari soni 190 mingdan oshgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.

Deputatlar ta’kidicha, faqat jazolash va deportatsiya choralarini kuchaytirish yetarli emas, balki oldini olish uchun ham chora-tadbirlar ko‘rilishi zarur. Shu munosabat bilan, ular migrantlar imtihoniga ayollarga nisbatan madaniy va huquqiy me’yorlarni o‘z ichiga olgan alohida bo‘lim kiritishni taklif qilmoqda.

Bu bo‘limda chet el fuqarolari rus tili, tarix va qonunchilikdan tashqari, ayollarga munosabat qoidalarini ham bilishi talab etiladi. Jumladan, tahqirlash yoki ta’qib qilish kabi xatti-harakatlarning ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka olib kelishini tushunishi shart.

Parlament a’zolari bu tashabbus yordamida jamoat joylarida ayollarning xavfsizligini ta’minlash, nizolarni kamaytirish va davlat migratsiya siyosatiga ishonchni oshirish mumkinligini ta’kidladi. Bundan tashqari, imtihon tarkibini madaniy va huquqiy xulq-atvor me’yorlari bilan boyitish migrantlarning Rossiya jamiyatiga tezroq moslashishiga va milliy an’analarga hurmatni oshirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgari Rossiyada maktabga bormaydigan migrant bolalarni oilasi bilan mamlakatdan chiqarish taklif qilingan edi. Shuningdek, iyul oyida Sankt-Peterburg shahrida patentga ega bo‘lgan muhojirlarning taksi xizmatlarida ishlashi vaqtincha taqiqlandi.

Bu kabi chora-tadbirlar migratsiya sohasida tartibni kuchaytirishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Suriya rahbari Isroil bilan maxfiy muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi
Suriya rahbari Isroil bilan maxfiy muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida Nyu-York shahrida o'tkazilgan Atlantika kengashi yig'ilishida Suriya rahbari Ahmad ash-Sharaa Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat yuzasidan
DunyoBugun, 03:52
Xitoylik olti yoshli qizcha Rubik kubigini yig'ishda jahon rekordini yangiladi
Xitoylik olti yoshli qizcha Rubik kubigini yig'ishda jahon rekordini yangiladi
Xitoylik olti yoshli Lyan Yunchji Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan rasmiy musobaqada u
DunyoBugun, 03:08
Vodaabe qabilasi erkaklari an’anaviy festivalda go‘zallik bo‘yicha bellashdi
Vodaabe qabilasi erkaklari an’anaviy festivalda go‘zallik bo‘yicha bellashdi
G‘arbiy Afrikaning Sahel hududida istiqomat qiluvchi Vodaabe qabilasi har yili yomg‘irlar mavsumi yakuniga yetgach, Gerevol deb nomlanuvchi o‘ziga xos an’anaviy festivalni o‘tkazadi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:00
Fransiyalik dorboz 186 metr balandlikdagi arqondan xavfsizlik vositalarisiz o'tdi
Fransiyalik dorboz 186 metr balandlikdagi arqondan xavfsizlik vositalarisiz o'tdi
Fransiyalik mashhur dorboz va sirk ustasi Tatyana-Mosio Bongonga navbatdagi hayratlanarli chiqishini muvaffaqiyatli yakunladi. U Fransiyaning Loos-an-Goel shahrida
DunyoBugun, 02:30
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi ish boshladi
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi ish boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida jahon siyosatining eng yirik tadbirlaridan biri — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasidagi yuqori darajadagi
DunyoBugun, 01:41
Olimlar inson miya to'qimasini sichqonlar organizmida o'stirishga erishdi
Olimlar inson miya to'qimasini sichqonlar organizmida o'stirishga erishdi
Stenford universiteti olimlari inson miya to‘qimasini jonli organizm ichida o‘stirish bo‘yicha noyob tajriba o‘tkazdi. Tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida inson
DunyoBugun, 01:32