ENRU

Stiven van Deyk eng yirik LEGO to‘plamini yaratdi

Dunyo
135
Stiven van Deyk eng yirik LEGO to‘plamini yaratdi
Belgiyalik 41 yoshli kolleksioner Stiven van Deyk dunyodagi eng yirik LEGO minifiguralar to‘plamini yaratdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Uning kollektsiyasi 11 803 ta figuradan iborat bo‘lib, bu rasmiy ravishda Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Stivenning so‘zlariga ko‘ra, LEGO figurasi nafaqat qimmatbaho o‘yinchoq, balki izlanish, almashish va namoyish qilishdan zavq olish vositasidir.

Kolleksiya shunchalik katta bo‘lganki, uni uy sharoitida saqlash imkoni yo‘q, shuning uchun uning bir qismi ko‘rgazmalarda namoyish etiladi. Stivenning LEGOga bo‘lgan qiziqishi bolaligidan boshlanib, birinchi figurasi ko‘zlari bog‘langan, qizil-siyoh rangli kiyim kiygan qaroqchi bo‘lgan.

Shu paytdan boshlab u bu mashg‘ulot umrining ajralmas qismiga aylanganini anglagan. Uning to‘plamida klassik qahramonlar bilan birga Ninja Turtles, Yulduzli urushlar, Batman va Vinni Pux kabi mashhur franshizalarning personajlari ham mavjud.

Eng qimmatbaho topilmalari orasida faqat lotereya orqali tarqatilgan noyob britancha figura bor. Unga ega bo‘lish uchun Londondagi LEGO do‘koniga kirish uchun olti soat navbatda kutgan.

Stiven LEGO anjumanlarida faol ishtirok etib, dunyoning turli burchaklaridan kelgan ishqibozlar bilan tanishishni yoqtiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jamoa orqali ko‘plab do‘stlar orttirgan.

Bu faoliyat unga nafaqat zavq bag‘ishlaydi, balki yangi imkoniyatlar va do‘stliklarni ham keltiradi.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44