Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Xalqaro mojaro yirik urushga aylanishi mumkin

Dunyo
45
Xalqaro mojaro yirik urushga aylanishi mumkin
Amerika Qo‘shma Shtatlari razvedkasi va xalqaro ekspertlar yaqin besh yil ichida mahalliy mojaro va nizolar katta urushlarga aylanib ketishi ehtimoli mavjudligini oldindan bashorat qilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Politico nashri tomonidan e’lon qilingan tahlilda shunday xulosalar berilgan. Mutaxassislar fikricha, eng xavfli hududlardan biri Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlardir.

Kashmirdagi uzoq davom etgan nizolar hamda har ikki davlatning yadroviy arsenalga ega bo‘lishi global miqyosda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, Pokistonning yadroviy qurolni qo‘llashga tayyorligi past chegarali harbiy doktrinasi vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

Shuningdek, Xitoy ham bir vaqtning o‘zida ikki yirik mojaro xavfi bilan yuzlashishi mumkin. Birinchi xavf – Tayvan masalasi bo‘lib, agar bu hududda tortishuv avj olsa, xalqaro munosabatlarda katta o‘zgarishlar yuz berishi va AQSH ning ittifoqchilarga bergan kafolatlari sinovdan o‘tishi ehtimoli bor.

Ikkinchi xavf esa Xitoy va Hindiston chegarasidagi uzoq yillardan beri hal etilmagan nizodir. Bu nizo mustamlakachilik davridan qolgan va uni hal etuvchi samarali mexanizmlar hozircha mavjud emas.

Shuning uchun kichik tushunmovchilik ham katta mojaroga aylanishi mumkin. G‘arb tahlilchilari Rossiyaning Boltiqbo‘yiga yo‘naltirilgan ehtimoliy harakatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmayapti.

Bunday vaziyat NATO kuchlarini sinovdan o‘tkazib, Yevropa xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya masalasi ham alohida muhim hisoblanadi.

Ekspertlar Kim Chen In boshqaruvidagi beqaror siyosat va yadroviy qurolga tayanish butun mintaqada katta inqiroz yuzaga keltirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Umuman olganda, Politico nashri tomonidan taqdim etilgan tahlil xalqaro siyosiy maydonda yangi, xavfli va murakkab jarayonlar yuzaga kelishi ehtimolini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, agar keltirilgan ssenariylardan biri ro‘y bersa, dunyo xavfsizligi uchun yangi va jiddiy sinovlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun xalqaro hamjamiyat bu xavflarni oldini olish uchun samarali choralar ko‘rishi zarurdir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026