Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Yaponiya politsiyasi Shizuo Aishimaning oilasidan uzr so‘radi

Dunyo
35
Yaponiya politsiyasi Shizuo Aishimaning oilasidan uzr so‘radi
2020-yil mart oyida ayblanib, hibsga olingan va tergov jarayonida vafot etgan Shizuo Aishimaning qabriga Yaponiya politsiyasi gullar qo‘yib, uning oilasidan uzr so‘radi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu voqea 25-avgust kuni, maxsus marosim arafasida sodir bo‘ldi. Marhumning oila a’zolari rasmiylardan kelgan uzrni qabul qilgan bo‘lsa-da, uning rafiqasi bunday harakatni kechira olmasligini ta’kidlagan.

Shizuo Aishima va uning uch nafar hamkasbi 2019-yilda Yaponiyadan tashqi bozorga harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan quritgichlarni noqonuniy ravishda eksport qilganlikda ayblangandi. Marhumning kompaniyasi esa bu ayblarni rad etib, eksport cheklovlariga rioya qilganini bildirgan.

Yapon prokuraturasi 2021-yil iyul oyida ayblovlarni bekor qildi. Shizuo Aishima tergov jarayonida oshqozon saratoni kasalligi sababli vafot etdi.

Unga garov shartlari bo‘yicha 8 marta murojaat qilingan, ammo barchasi rad etilgan. Sud 2021-yil sentyabrda ayblovlarni noqonuniy deb topib, davlatni 166 million yen tovon puli to‘lashga majbur qildi.

Hukm ustidan shikoyat qilinmadi va u 2024-yil iyun oyida kuchga kirdi. Prokuror Xirosi Ichikava bu voqea Yaponiyaning huquq-tartibot tizimiga va sud ishlariga yangi o‘zgarishlar olib kirganini ta’kidladi.

Aishima ishining natijasi nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy va axloqiy ahamiyatga ega bo‘lib, kelajakda sud tizimida adolatli qarorlar qabul qilinishiga yo‘l ochadi. Ushbu voqea hamda berilgan uzr mamlakatda islohotlar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026