Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Xanoyda kajiki to‘foni yetkazgan zarar oshmoqda

Dunyo
47
Xanoyda kajiki to‘foni yetkazgan zarar oshmoqda
Vetnam poytaxti Xanoyni qamrab olgan va hozir ham davom etayotgan Kajiki to‘foni mamlakatda katta zarar yetkazmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Hukumatning rasmiy saytida e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yomg‘ir tufayli kamida yetti kishi halok bo‘lgan, 12 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan. Xanoyning ko‘plab hududlari suv ostida qolib, shahar infratuzilmasi tahdid ostida turibdi.

Suv toshqini faqat shahar hududlarini emas, balki qishloq xo‘jaligini ham katta zarar yetkazdi. Hisobotlarda aytilishicha, 81,5 ming gektardan ortiq sholi maydonlari va 4,5 ming gektar turli ekinlar yo‘q bo‘lgan.

Bu holat mahalliy aholining iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatib, oziq-ovqat yetishmovchiligi xavfini oshiradi. Shuningdek, 1,6 million kishi elektr energiyasidan mahrum bo‘lib, hayot tarzi keskin buzildi.

Vetnam Bosh vaziri Fam Min Trin mamlakat vazirliklari, yirik korporatsiyalar va viloyat hokimlariga maxsus yo‘llanma yubordi. Unda to‘fon oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Uy-joylar va transport infratuzilmasini tiklash, suv bosgan hududlardagi aholini qutqarish, bedarak yo‘qolganlarni topish hamda qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zararlarni kamaytirish uchun barcha resurslarni safarbar etish ko‘zda tutilgan. Meteorologiya agentligining xabariga ko‘ra, 27 avgust kuni mamlakatning shimoli va shimoli-sharqiy hududlarida kuchli yomg‘irlar davom etadi.

Ba’zi joylarda 70 millimetrgacha yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Bu aholini va hukumatni suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarga tayyor turishga majbur qiladi.

Ekspertlar va hukumat idoralari aholini ehtiyotkorlikka chaqirib, suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarda uy-joy va mulklarni muhofaza qilish choralarini tezda ko‘rishni tavsiya qilmoqda. Xanoy va uning atrofidagi hududlar uchun bu to‘fon nafaqat tabiat kuchini, balki favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni ham sinab ko‘rdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026