Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Isroil G‘azodan aholining chiqishini talab qildi

Dunyo
53
Isroil G‘azodan aholining chiqishini talab qildi
Isroil armiyasi G‘azo shahridan aholining chiqib ketishi muqarrar ekanini ma’lum qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Harbiylar shaharni egallashga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan. Janubga ko‘chgan oilalarga gumanitar yordam ko‘rsatish rejalashtirilmoqda.

So‘nggi kunlarda Isroil tanklari G‘azoning yangi hududlariga kirib, ko‘plab uylarni vayron qilgani haqida guvohlar xabar bermoqda. Natijada odamlar yana ommaviy ravishda uylari va mahallalarini tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xalqaro tashkilotlar bu hujumning og‘ir gumanitar oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Shaharda hozirda taxminan bir millionga yaqin odam yashamoqda.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo sektorini to‘liq egallash niyatida ekanini e’lon qilgan. Shu bilan birga, mamlakat ichida va xalqaro maydonda unga bosim kuchaymoqda.

Hamas nazoratidagi sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 7-oktyabrdan beri G‘azoda 62 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Hududdagi uylarning katta qismi vayron qilinib, aholi ocharchilik va qiyin sharoitlarda yashamoqda.

Bu vaziyat xalqaro hamjamiyat e’tiborini talab qilmoqda va zudlik bilan yordam ko‘rsatishni taqozo etadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026