ENRU

Janubiy Koreyada maktabda telefon taqiqlandi

Dunyo
65
Janubiy Koreyada maktabda telefon taqiqlandi
Janubiy Koreya parlamenti maktablarda dars vaqtida mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu yangi tartib 2026-yil mart oyidan boshlab kuchga kiradi. Qonunning asosiy maqsadi o‘quvchilarni telefon qaramligidan himoya qilish va darslarga diqqatni oshirishdir.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, koreyalik yoshlarning yarmi smartfonlardan juda ko‘p foydalanadi va bu ularning o‘qish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Endilikda dars paytida telefonlardan foydalanish qat’iyan man etiladi.

Faqat favqulodda vaziyatlarda yoki ta’lim jarayonida zarur bo‘lganda telefonlardan foydalanishga ruxsat beriladi. Maktab hududida o‘qituvchilarga telefonlardan foydalanishni cheklash huquqi beriladi.

Nogironligi bor o‘quvchilar esa maxsus qurilmalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ota-onalar va o‘qituvchilar bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki telefonlar o‘quvchilarning ta’lim olishiga va sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda.

Shu bilan birga, ba’zi mutaxassislar bu qadam muammoni to‘liq hal qilmasligini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33