Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Andrey Parubiy Lvovda otishmada halok bo‘ldi

Dunyo
67
Andrey Parubiy Lvovda otishmada halok bo‘ldi
Ukrainaning milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi sobiq kotibi hamda Oliy Rada sobiq raisi Andrey Parubiy otib o‘ldirilgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda "Obshchestvennoye" telekanali o‘zining Telegram-kanalida xabar tarqatdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Lvov shahrida siyosiy arbob Andrey Parubiy otishma oqibatida halok bo‘lgan.

Dastlab Ukraina politsiyasi Lvovda yuz bergan otishma natijasida bir siyosiy jamoat arbobi vafot etgani haqida xabar bergan, ammo uning ismi oshkor qilinmagan edi. Keyinroq qotilning «Glovo» yetkazib berish xizmatida kuryer sifatida ishlagani ma’lum bo‘ldi.

Andrey Parubiy 2016 yildan 2019 yilgacha Ukraina parlamenti – Oliy Rada raisi bo‘lgan. Shuningdek, u 2014 yilda milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi sifatida faoliyat yuritgan.

Mutaxassislar ushbu voqeani Ukraina siyosiy hayotida katta shov-shuvli hodisa deb baholamoqda. Jamoatchilik esa qotillik sabablarini aniqlash va voqea ortidagi omillar yuzasidan rasmiy bayonotlarni kutmoqda.

Hozircha rasmiy organlar tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilmagan. Ushbu voqea mamlakat siyosatida keskinlik va noroziliklarni kuchaytirishi mumkinligi haqida fikrlar mavjud.

Ma’lumotlar yangilangan sari voqea tafsilotlari kengroq yoritiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026