Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+25°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

Donald Trampning sog‘ligi bo‘yicha mish-mishlar tarqaldi

Dunyo
36
Donald Trampning sog‘ligi bo‘yicha mish-mishlar tarqaldi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning vafot etgani haqida turli xabarlar va mish-mishlar tarqaldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ma’lumotlar keng jamoatchilikda katta qiziqish va savollarni yuzaga keltirdi. Mish-mishlarga asos qilib AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensning yaqinda bergan bayonoti keltirilmoqda.

U o‘z nutqida agar Tramp bilan bog‘liq biror hodisa yuz bersa, prezidentlik vakolatlarini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, Trampning seshanba kunidan beri omma oldida ko‘rinmasligi ham bu mish-mishlarning tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.

Ba’zi manbalar «Pentagon favqulodda holatlarga tayyorligini ko‘rsatadigan “pitssa indeksi”ning yuqori darajada ekanligi»ni ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, avvalroq Oq uy tomonidan e’lon qilingan tibbiy xulosada Trampda venoz yetishmovchiligi aniqlangani ma’lum qilingan edi.

Bir necha kun oldin esa uning qo‘lida ko‘karishlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, hozircha Trampning sog‘lig‘i yoki vafoti haqida rasmiy va aniq ma’lumotlar berilmadi.

Uning vafoti to‘g‘risida ishonchli dalillar mavjud emas. Mutaxassislar ham hozirgi vaziyatda rasmiy bayonot chiqmaguncha tarqalayotgan mish-mishlarga ishonmaslik kerakligini ta’kidlamoqda.

Jamoatchilik Oq uy tomonidan rasmiy ma’lumot berilishini kutmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026