Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 3 м/с, С
ENRU

Mashhurlar plastik jarrohlikdan keyin ko‘rinishi o‘zgardi

Dunyo
119
Mashhurlar plastik jarrohlikdan keyin ko‘rinishi o‘zgardi
Dunyoga mashhur ko‘plab aktrisalar yosh va tabiiy ko‘rinishini saqlab qolish maqsadida plastik jarrohlikka murojaat qilgan. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Biroq, shifoxonada o‘tkazilgan bunday amaliyotlar har doim kutilgan natijani bermaydi. Ba’zan bu jarayon ularning tabiiy go‘zalligini yo‘qotishiga sabab bo‘ladi.

Masalan, 70-80-yillarda supermodel sifatida tanilgan Jenis Dikinson 1987-yilda, 32 yoshida plastik jarrohlikka murojat qilgan. Uning bu qarori og‘ir bolalik, ta’qiqlangan moddalar va ruhiy jarohatlar bilan bog‘liq edi.

Jenis o‘zining yuz terisini tortishdan tortib, ko‘z qovoqlarini o‘zgartirishgacha bo‘lgan jarrohlik amaliyotlarini ochiqchasiga muhokama qiladi. U plastik jarrohlikni go‘zallik uchun emas, o‘tmishni unutishga qaratilgan harakat deb hisoblaydi.

80-yillarning oxirida Fransuz aktrisasi Emmanuyel Bear o‘zining tabiiy ko‘rinishi bilan mashhur bo‘lgan. Uning “Buloq bo‘yidagi Manon” va “Do‘zax” filmlaridagi obrazlari tomoshabinlarni maftun etgan.

Ammo 27 yoshida u labidagi kichik nomutanosiblikni tuzatishga qaror qilgan. Teri ostiga kiritilgan silikon yoki fillerlar vaqt o‘tishi bilan ko‘chib, yuz tuzilishini o‘zgartirgan.

Keyingi jarrohlik amaliyotlari xatoni to‘g‘rilashga qaratilgan bo‘lsa-da, ularning natijasi aksincha bo‘lgan va aktrisaning ustki labi shaklini yo‘qotgan. 1990-yillarda romantik komediya janrida faol bo‘lgan Meg Rayan o‘zining jozibador va shod tabassumi bilan mashhur edi.

Biroq 2000-yillarning boshida uning yuzida o‘zgarishlar yuzaga keldi. Fillerlarga haddan tashqari e’tibor berilishi sababli yonoqlari va lablari tabiiy shaklini yo‘qotdi.

Bu esa uning taniqli tabassumiga ta’sir ko‘rsatdi va rejissyorlar uni kamroq rolga taklif qila boshladi. Amerikalik aktrisa Sidni Rom Italiyada mashhur bo‘lib, 70-80-yillarda go‘zallik va uslub ramzi hisoblangan.

U ko‘p marta teri tortish va inyeksiya amaliyotlarini o‘tkazdi, bu esa uning yuzining tabiiy ko‘rinishini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Natijada, uning yuzidagi shishish va nomutanosibliklar ko‘pchilikka ta’sir qildi.

Hozirda Sidni Rom kamroq filmda ishtirok etadi, lekin Italiya telekanallarida faol. Lyudmila Gurchenko esa o‘z davrining yorqin yulduzi bo‘lib, “Karnaval kechasi” filmidan boshlab ko‘plab asarlarda ishtirok etgan.

U “aktrisa qarishi mumkin emas” degan fikrni chin dildan qo‘llab-quvvatlagan. Sovet davrida yuzini tortish operatsiyasini birinchi bo‘lib o‘tkazgan va hayoti davomida taxminan yigirma plastik jarrohlik amaliyotidan o‘tgan.

Oxirgi operatsiyalar uning yuzini ancha o‘zgartirib, tabiatdan uzoqlashtirgan bo‘lsa-da, bu uning professional faoliyati va hayotiy qarashlarining ajralmas qismi bo‘lgan. Shu tariqa, mashhur shaxslarning plastik jarrohlik amaliyotlari ularning tashqi ko‘rinishiga ta’sir qilgan, lekin har doim ham kutilgan go‘zallikni ta’minlamagan.

Bu holatlar shuni ko‘rsatadiki, tabiiy go‘zallikni saqlash va o‘ziga xoslikni yo‘qotmaslik muhimdir. Har bir inson go‘zallikni o‘zicha anglab, sog‘lom va tabiiy ko‘rinishga e’tibor qaratishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026