Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Afg‘onistonda kuchli zilzila yuzlab odamni halok qildi

Dunyo
45
Afg‘onistonda kuchli zilzila yuzlab odamni halok qildi
Afg‘oniston sharqida 31 avgust kechasi sodir bo‘lgan kuchli zilzila butun mamlakatni chuqur qayg‘uga soldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida kamida 250 dan ortiq inson halok bo‘lgan, 500 ga yaqin odam turli tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan. Bu haqda xalqaro ommaviy axborot vositalari, jumladan “Reuters” agentligi xabar berdi.

Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 23:47 da yuz berdi. Epimarkaz Nangarhor viloyatining Jalolobod shahridan 27 kilometr shimoli-sharqda joylashgan bo‘lib, yer osti tebranishining chuqurligi atigi 8 kilometrni tashkil etdi.

Shu sababli zilzila kuchli bo‘lib, katta vayronagarchilikka olib keldi. Oradan 20 daqiqa o‘tgach, xuddi shu hududda 4,5 magnitudali ikkinchi silkinish ro‘y berdi.

Bu ta’sir qo‘shni Kunar viloyatida ham sezildi. Tabiiy ofat kechasi yuz bergani bois ko‘pchilik aholi uyquda edi va zilzilani to‘liq his qilmagan.

Natijada ko‘plab odamlar vayronalar ostida qoldi. Ayniqsa, loy va toshdan qurilgan uylar butunlay qulaganligi holatni yanada og‘irlashtirdi.

Kunar viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, Nur-Gul, Soki, Vatpur, Manogi va Chapadare hududlarida halokat keng tarqalgan. Faqat shu hududlarda 250 dan ortiq odam halok bo‘lib, 500 ga yaqin inson jarohat olgani aniqlangan.

Nangarhor viloyati sog‘liqni saqlash idorasi dastlab faqat 15 jarohatlanuvchi haqida xabar bergan bo‘lsa-da, keyinchalik ma’lumotlar yangilandi va ayrim qishloqlarda o‘nlab insonlar halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Rasmiylar qurbonlar soni hozirgi ko‘rsatkichdan ko‘proq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Hozirda qutqaruv guruhlari vayronalar ostidan tirik qolganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda. Tabiiy ofat natijasida Afg‘onistondagi insonparvarlik vaziyati yanada og‘irlashishi va jabrlanuvchilar sonining oshishi xavfi mavjud.

Shunday qilib, Afg‘onistondagi kechagi kuchli zilzila yuzlab insonlarning hayotiga barham berdi. Jamoatchilik mamlakatda tabiiy ofatlarga qarshi tizimli tayyorgarlikni kuchaytirish lozimligini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026