ENRU

Afg‘onistonda kuchli zilzila yuzlab halok bo‘ldi

Dunyo
28
Afg‘onistonda kuchli zilzila yuzlab halok bo‘ldi
Afg‘onistonning sharqiy hududlarida kuchli zilzila sodir bo‘lib, kamida 800 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 2800 dan ziyod kishi jarohatlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila yarim tun vaqtidda, yer yuzidan 10 kilometr chuqurlikda yuz berdi. Qutqaruv xizmatlari qulab tushgan uylar ostida qolganlarni izlash ishlarini davom ettirmoqda.

Eng ko‘p talafotlar Kunar va Nangarhor viloyatlarida qayd etildi. Ba’zi qishloqlar to‘liq vayron bo‘lib, tog‘li hududlarda aloqa vositalari ishlamayotgani sabab qutqaruv ishlari qiyinlashmoqda.

Harbiy vertolyotlar jarohatlanganlarni shifoxonalarga yetkazmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi xalqaro hamkorlik va yordamga chaqiruv berdi.

Rasmiylar minglab oilalar uy-joysiz qolganini ta’kidlashmoqda. Hozircha hech bir xorijiy davlat rasmiy yordam taklif qilgani yo‘q.

Afg‘oniston so‘nggi yillarda bir necha bora halokatli zilzilalar bilan yuzlashgan. 2022-yilda yuz bergan 6,1 magnitudali zilzila natijasida ham mingga yaqin odam halok bo‘lgan edi.

Mamlakatda gumanitar inqiroz davom etayotgani sabab, xalqaro tashkilotlar tabiiy ofat oqibatlarini yengillashtirish uchun yordam zarurligini bildirgan.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon tomorqa qurish jarayonida 3000 yildan ortiq qadimgi tarixga ega Ramzes II haykallarining bo‘laklari topildi. Bu voqea yer ostidagi qadimiy merosning hali
DunyoKecha, 18:18
Iordaniya cherkovida qurolli hujum: 6 halok, 28 jarohat
Iordaniya cherkovida qurolli hujum: 6 halok, 28 jarohat
Iordaniya janubidagi Karak viloyatida mahalliy cherkovda dafn marosimi o‘tkazilayotgan paytda qurolli hujum sodir etildi. Noma’lum shaxslar yig‘ilgan olomonni o‘qqa
DunyoKecha, 17:06
Jons Hopkins olimlari bezgak chivining qon so'rish mexanizmini ochdi
Jons Hopkins olimlari bezgak chivining qon so'rish mexanizmini ochdi
Jons Hopkins universiteti olimlari bezgak chivini inson terisini chaqqanda xartumi va sezgir tizimi qanday ishlashini yuqori aniqlikda kuzatib oldi. Tadqiqot natijalari
DunyoKecha, 16:56
Gubkin universiteti tadqiqotchilari gaz konlarini baholash xarajatlarini qisqartiruvchi usul topdi
Gubkin universiteti tadqiqotchilari gaz konlarini baholash xarajatlarini qisqartiruvchi usul topdi
Rossiyadagi Gubkin nomidagi neft va gaz universiteti tadqiqotchilari tabiiy gaz konlarini baholash va o‘rganish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishga imkon beruvchi yangi ilmiy yondashuvni
DunyoKecha, 16:05
Tramp Atlantika okeanini qayta nomlash taklifini yo'lga qo'ydi Google rad etdi
Tramp Atlantika okeanini qayta nomlash taklifini yo'lga qo'ydi Google rad etdi
AQSH prezidenti Donald Tramp va Google korporatsiyasi bosh direktori Sundar Pichay o‘rtasida bo‘lgan telefon muloqoti jahon miqyosida qiziqish va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 15:12