Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

BMT Pokistonda migratsiya va odam savdosiga qarshi tarmoq ochdi

Dunyo
52
BMT Pokistonda migratsiya va odam savdosiga qarshi tarmoq ochdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Pokistonda migratsiyani samarali boshqarish, odam savdosiga qarshi kurashish hamda inson huquqlarini himoya qilish maqsadida yangi tarmoqni ishga tushirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tashabbus doirasida Migratsiya bo‘yicha tarmoq (UN Network on Migration – UNNM) rasmiy faoliyatini boshladi. Bu platforma BMTning turli agentliklari, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtirib, muammolarga yagona va tizimli yondashuvni ta’minlaydi.

Tarmoq faoliyati 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda Global migratsiya kelishuvi asosida yo‘lga qo‘yilgan. Uning asosiy vazifasi migratsiyaning xavfsiz, qonuniy va insonparvar yo‘llar bilan amalga oshishini ta’minlashdan iborat.

BMTning Pokistondagi doimiy koordinatori Muhammad Yahyo UNNM rahbari etib tayinlandi. Uning fikricha, ushbu loyiha migratsiya sohasidagi siyosat va amaliyotlarni yaxshilashga xizmat qiluvchi muhim platforma hisoblanadi.

Muhammad Yahyo ta’kidlaganidek, tarmoq orqali migrantlar manfaatlarini himoya qilish, ularga adolatli munosabatni shakllantirish hamda odam savdosining oldini olish maqsad qilinmoqda. Shu bilan birga, yangi tarmoq doirasida Migratsiya ko‘p sheriklik trast fondi (Multi-Partner Trust Fund – MMPTF) tashkil etildi.

Ushbu fond mamlakatda odam savdosi, inson kontrabandasi va migrantlarga nisbatan huquqbuzarliklarga qarshi kompleks chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. Fond faoliyati "butun jamiyat" yondashuvi asosida olib boriladi, ya’ni unda faqat hukumat emas, balki xususiy sektor, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar ham mas’uliyatni o‘zaro taqsimlaydi.

Bu tashabbus Pokistonda migratsiya jarayonlarini yanada xavfsiz, qonuniy va insonparvar qilishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026