Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Florida fuqarosi Betmen pijamasida o‘g‘rini ushladi

Dunyo
22
Florida fuqarosi Betmen pijamasida o‘g‘rini ushladi
AQShning Florida shtatida yashovchi bir fuqaro tungi paytda qo‘shnisining avtomobiliga bostirib kirgan o‘g‘rini politsiya kelguniga qadar o‘zi ushlab qoldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Qiziqarli jihati shundaki, u buni Betmen obraziga o‘xshash pijama kiygan holda amalga oshirdi, deb xabar beradi SCMP nashri. Voqea Keyp Koral shahrida sodir bo‘ldi.

Ertalab soat 2 larda politsiyaga bir nechta avtomobilga hujum qilinganligi haqida xabar kelib tushdi. Gumonlanuvchi 20 yoshli Jastin Shimpl bir nechta mashinani ochib, ichidagi buyumlarni talon-toroj qilgan.

Shu paytda avtomobillardan birining egasi Kayl Myvett uydan chiqishga majbur bo‘ldi. U signal ovozidan uyg‘onib, ko‘chaga chiqqanida o‘g‘rining yuk mashinasini kavlashini ko‘rdi.

Myvett orqadan yetib borib, qaroqchini ushlab qoldi va politsiya yetib kelguniga qadar uni nazoratda ushlab turdi. Huquq-tartibot xodimlari voqea joyiga kelgach, Myvettning jasoratini yuqori baholadi va hattoki u bilan xotira uchun suratga tushdi.

Aniqlanishicha, Shimpl avval ham o‘g‘irlik uchun politsiya nazoratiga tushgan. Bu safargi hibs davomida u uchta yirik va ikkita kichik o‘g‘rilikda ayblanmoqda.

Jinoyatchidan naqd pul, qimmatbaho qo‘l soatlari, 500 dollardan ortiq sovg‘a kartalari hamda umumiy qiymati 300 dollar bo‘lgan ikkita Ray-Ban ko‘zoynak topildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026