Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Afg‘onistonda kuchli zilzila 850 qurbon berdi

Dunyo
31
Afg‘onistonda kuchli zilzila 850 qurbon berdi
Afg‘onistonda 1-sentyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida qurbonlar soni 850 nafarga yetdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Shuningdek, 3000 dan ortiq kishi turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonalarga yotqizildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.

Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 00:17 da sodir bo‘lib, uning magnitudasi 6,0 ni tashkil etdi. Epitsentri yer yuzidan 10 kilometr chuqurlikda joylashgan edi.

Eng katta zarar Pokiston bilan chegaradosh Kunar va Nangarhor viloyatlarida kuzatildi. Afg‘oniston hukumati vakili Zabihulloh Mujohidning ta’kidlashicha, qurbonlar asosan shu ikki viloyatdagi mahalliy aholi orasida bo‘lib, ko‘pchilik uylaridan ayrilgan va katta yo‘qotishlarga uchragan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Sharafat Zamonning so‘zlariga ko‘ra, aholi hayoti va uy-joylari jiddiy zarar ko‘rgan, davlat xalqaro hamkorlar va yordam tashkilotlaridan yordam so‘ramoqda. Hukumat va xalqaro tashkilotlar jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, vayrongarchiliklarni bartaraf etish hamda aholini kundalik hayotga qaytarish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.

Ushbu fojiali voqea Afg‘onistondagi aholi xavfsizligi va hayot sifatini ta’minlash masalasini yana bir bor dolzarb muammo sifatida ko‘rsatdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026