Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Bolalarga kuchli energetik ichimliklar sotilishi taqiqlanadi

Dunyo
73
Bolalarga kuchli energetik ichimliklar sotilishi taqiqlanadi
Buyuk Britaniya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kofeinni litrida 150 milligrammdan ortiq miqdorda o‘z ichiga olgan energetik ichimliklarni sotishni taqiqlash bo‘yicha yangi tashabbusni ilgari surdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Hozirda ushbu masala yuzasidan maslahatlashuvlar davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, energetik ichimliklar bolalar uchun zararli bo‘lib, ularning uyqu tartibini buzadi, diqqatni jamlash qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va umumiy sog‘liq holatiga zarar yetkazadi.

Bundan tashqari, shakar miqdori yuqori bo‘lgan bunday ichimliklar ortiqcha vazn ortishi va semirish xavfini oshiradi. Sog‘liqni saqlash vaziri Ues Stritingning ta’kidlashicha, energetik ichimliklar bolalarning kundalik hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Uyqusizlik, ruhiy charchoq va diqqatning tarqalishi ularning farovonligini pasaytiradi. Shu sababli, hukumat ushbu mahsulotlarni cheklash choralarini ko‘rmoqda.

Tadqiqotlarga ko‘ra, har kuni kamida 100 ming bola energetik ichimliklarni iste’mol qilmoqda, bu esa ularning o‘quv jarayoni va ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilmoqda. Ta’lim vaziri Bridjit Fillipson bu tashabbusni bolalar salomatligini himoya qilish va ularni yomon odatlardan asrash yo‘lida muhim qadam sifatida baholadi.

Unga ko‘ra, taqiq orqali yoshlar sog‘lom turmush tarziga yo‘naltiriladi va kelajak avlodning farovonligi ta’minlanadi. Bu choralar mamlakatda sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026