Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Putin Slovakiyani Ukrainaga bosim o‘tkazishga chaqirdi

Dunyo
26
Putin Slovakiyani Ukrainaga bosim o‘tkazishga chaqirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga nisbatan qo‘shimcha bosim o‘tkazish maqsadida Slovakiya rahbariyatini energetik blokadani joriy etishga chaqirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Putinning ta’kidlashicha, gazni teskari yo‘nalishda yetkazib berishni to‘xtatish va elektr ta’minotini uzish orqali Kiyevning boshqa davlatlarning manfaatlariga tajovuz qilishiga chek qo‘yish zarur. U bu fikrlarni 2 sentyabr kuni Pekinda Slovakiya bosh vaziri Robert Fitzoga bergan intervyusida bildirdi.

Shuningdek, u Ukrainaning “Drujba” neft quvuriga dronlar bilan zarba berishini qattiq tanqid qildi. Xitoyda Ikkinchi jahon urushida Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda qatnashgan yagona Yevropa yetakchisi sifatida Robert Fitso ham Kiyevning harakatlarini qoraladi.

U 5 sentyabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashib, neft quvuri xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishini va’da qildi. Uchrashuv davomida Putin Slovakiyaning mustaqil tashqi siyosiy yo‘nalishini yuqori baholadi va Fitsoga minnatdorlik bildirdi.

Slovakiya bosh vaziri esa Yevropa Ittifoqini dunyodagi voqealarni to‘g‘ri baholay olmayotgan, imkoniyatlari cheklangan tashkilotga o‘xshatib, tanqid qildi. U Yevropa Ittifoqiga hurmat bilan qarashini, ammo uning global muammolarga munosib javob bera olmasligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Fitso mamlakatining Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorlikni davom ettirish va Moskvadan neft hamda gaz sotib olishni istashini ochiq bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026