Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Kanadada 51 yillik yo‘qolgan hamyon topildi

Dunyo
38
Kanadada 51 yillik yo‘qolgan hamyon topildi
Kanadada kutilmagan topilma odamlarni hayratga soldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ontario viloyatidagi maktabda ta’mirlash ishlari davomida ishchilar 51 yil oldin yo‘qolgan hamyonni devor ortidan topishdi. Bu haqda The Hamilton Spectator gazetasi xabar berdi.

Hamyon ichida 1974 yilda berilgan talabalik guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi, ijtimoiy sug‘urta kartasi, oila va do‘stlarning eski suratlari hamda 35 sentlik xokkey chiptasi saqlangan edi. Hujjatlarda yozilgan ism orqali egasi Tom Shopf aniqlangan.

Maktab tarbiyachisi Lorna Makkuinning aytishicha, bunday tarixiy topilmani ko‘rish juda qiziqarli bo‘lgan. Ular hamyon egasini topib, uni qaytarishni istashgan, chunki 50 yildan so‘ng ham bu odam bundan xursand bo‘ladi, degan fikrda bo‘lganlar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Shopf bilan bog‘lanishgan. U dastlab bu holat hazildek tuyulgani, lekin keyin haqiqat ekanini tushunganini aytgan.

Hamyonda uning bolaligi o‘tgan uyining suratlari ham bo‘lgan. Shopfning so‘zlariga ko‘ra, 1960 yilda qurilgan o‘sha uyda onasi hali ham yashaydi va suratni ko‘rganlarida birga kulishgan.

Shopfning ta’kidlashicha, hamyon devorga qanday tushib qolgani haqida ham ma’lumot bor. U yoshligida hojatxonaga kirayotib hamyonini tushirib yuborgan.

Boshqasi pulni olib, qolgan hujjat va suratlarni kafel ortiga yashirib qo‘ygan ko‘rinadi. Ushbu voqea ko‘plarga o‘tmish va shaxsiy tarixlarni qadrlash haqida o‘ylashga sabab bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026