Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Isroil G‘azodagi aholiga ko‘chishni buyurdi

Dunyo
83
Isroil G‘azodagi aholiga ko‘chishni buyurdi
Isroil armiyasi G‘azo shahridagi aholiga janubga, Xon Yunus yaqinidagi belgilangan hududga ko‘chishni buyurdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiylar bu hududni gumanitar zona deb atab, u yerda oziq-ovqat va tibbiy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilmoqda. Netanyaxu G‘azo shahrini Hamasning asosiy tayanchi sifatida tan olib, uni egallash zarurligini ta’kidladi.

Harbiylar shahar hududining katta qismini nazoratga olganini bildirmoqda. Bu esa yuz minglab odamlarning yana ko‘chishga majbur bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari urush boshlanganidan beri 64 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lganini ma’lum qildi. Shahar va uning atrofidagi hududlar vayronaga aylangan, aholining aksariyati esa og‘ir gumanitar inqirozda qolmoqda.

Hamas tomonidan garovda ushlab turgan 251 kishidan faqat bir qismi tirikligi aytilmoqda. Netanyaxu barcha garovdagilar ozod qilinishi va Hamas qurolsizlanmaguncha urush to‘xtamasligini bildirdi.

Muzokaralar hozircha natija bermayapti. Voqealar davom etar ekan, xalqaro hamjamiyat gumanitar yordamni oshirish va tinchlik o‘rnatish uchun choralar ko‘rishni davom ettirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026