Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Rossiyada fransuz velosportchisi Sofian hibsga olindi

Dunyo
106
Rossiyada fransuz velosportchisi Sofian hibsga olindi
Portugaliyadan Vladivostokkacha velosipedda sayohat qilgan fransuz sayohatchisi Sofian Sehili Rossiyada hibsga olindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda fransuz nashri Le Monde o‘z manbalariga tayangan holda xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Yevroosiyoni velosipedda eng tez kesib o‘tish bo‘yicha jahon rekordini yangilashga urinayotgan edi, biroq chegarani noqonuniy kesib o‘tganlikda ayblanmoqda.

44 yoshli Sofian Sehili hujjatli filmlar muallifi hisoblanadi. U 2012 yildan beri faoliyatini velosportga yo‘naltirgan va shu vaqt ichida qariyb yigirma mashaqqatli poygada ishtirok etgan.

Ulardan o‘n birida g‘alaba qozongan. Shu jumladan, Kanadadan Meksikaga qadar bo‘lgan 4500 kilometr uzunlikdagi Tour Divide musobaqasida ham qatnashgan.

Sehili bu yil o‘z maqsadini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan edi. U 2017 yilda nemis velosportchisi Yonas Deyxman tomonidan o‘rnatilgan Yevroosiyoni eng tez bosib o‘tish rekordini yangilashni rejalashtirgan.

Sayohat 2025 yil 1 iyulda Portugaliyaning Roka burnidan boshlanib, Vladivostokkacha 64 kun, ikki soat va yigirma olti daqiqada yetib borgan. Biroq uning safar yo‘li turli qiyinchiliklarga duch keldi.

Sehili iyul oxirida Gruziya orqali Chechenistonga kirib, Rossiya chegarasini kesib o‘tgan. Keyinchalik u Astraxan viloyati orqali Rossiyani tark etib, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston hududlaridan o‘tgan.

Keyingi manzili Xitoy bo‘lib, u yerda safarini vaqtincha to‘xtatgan. Sayohatchining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy-Rossiya chegarasida Rossiya bojxonachilari tomonidan to‘xtatilgan.

Bu haqda u 2 sentyabr kuni Instagramdagi hikoyasida ma’lum qilgan. Ammo uning keyingi taqdiri haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.

Le Monde nashrining xabar berishicha, Sehili sayohatini oxirgi bosqichda yakunlay olmagani uchun chuqur afsusda. U yozishicha, marra yaqinlashganida muvaffaqiyatsizlikka uchrash yurakni ezadi.

Endi unga rekordni yangilash uchun yana bir urinish yoki to‘xtash haqida o‘ylash uchun o‘n oy vaqt berilgan. Shu bilan birga, bu urinish umrbod muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanishi ham mumkinligini ta’kidlagan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026