Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Hindistonda chiqindi evaziga bepul ovqat tizimi kengaymoqda

Dunyo
62
Hindistonda chiqindi evaziga bepul ovqat tizimi kengaymoqda
Hindistonda chiqindilar evaziga ovqat olish tizimi kengaymoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ambikapur shahrida ochilgan “Chiqindi kafe” loyihasi aholining hayot tarzi va shahar muhitini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Ushbu kafe mehmonlardan pul talab qilmaydi, balki ular olib kelgan plastik chiqindilar evaziga to‘liq ovqat yoki nonushta taqdim etiladi.

Bu tashabbus shahardagi plastik chiqindilarni kamaytirishga va kam ta’minlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Loyihaning qoidalari oddiy: bir kilogramm plastik chiqindi olib kelgan kishi guruch, sabzavot, karri, dal, roti, salat va tuzlamadan iborat tushlik oladi.

Yarim kilogramm plastik evaziga esa nonushta beriladi. Bu tizim nafaqat bepul ovqat manbai, balki aholining chiqindilarni yig‘ishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

2019 yilda ishga tushirilgan “Chiqindi kafe” shahar hokimiyati tomonidan moliyalashtiriladi. Shu vaqt ichida 23 tonnadan ortiq plastik chiqindi yig‘ilib, samarali qayta ishlangan.

2019 yilda shaharda yiliga 5,4 tonna plastik chiqindi poligonga yuborilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 2 tonnagacha kamaygan. Natijada Ambikapur Hindistonning eng toza shaharlaridan biriga aylangan.

Hatto 16 gektarlik chiqindi poligoni yopilib, uning o‘rnida park tashkil etilgan. Shuningdek, shaharda har kuni 480 nafar ayol eshikma-eshik yurib chiqindilarni yig‘ib, oyiga 8-10 ming rupiy maosh oladi.

20 ta maxsus markazda chiqindilar 60 turga ajratilib, plastik yo‘l qurilishi yoki qayta ishlovchi korxonalarga yuboriladi. Nam chiqindilar kompost qilinadi, qolgan qismi esa sement zavodlarida yoqilg‘i sifatida foydalaniladi.

Ambikapur tajribasi boshqa shaharlarda ham qo‘llanilmoqda. Masalan, G‘arbiy Bengaldagi Siliguri shahrida plastik evaziga ovqat beriladi.

Telanganadagi Mulugu shahrida bir kilogramm plastik uchun bir kilogramm guruch, Karnatakaning Mysuru shahrida esa 500 gramm plastik evaziga nonushta taqdim etiladi. Uttar-Pradeshda plastik chiqindilar evaziga ayollar uchun gigiyenik vositalar tarqatilmoqda.

Hatto Kambodjada ham shunday dastur amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar fikricha, bunday tashabbuslar dunyoda yillik ishlab chiqarilayotgan 400 million tonna plastik chiqindilarning zararini kamaytirishda muhim o‘rin tutadi, chunki hozirda plastik chiqindilarning atigi 9 foizi qayta ishlanadi.

O‘zbekistonda ham chiqindi muammosi dolzarb hisoblanadi. Faqat Toshkent shahrida yiliga 1,5 million tonnadan ortiq maishiy chiqindi yig‘iladi.

Mutaxassislar Ambikapur tajribasi singari loyihalar mamlakatimizda joriy etilsa, ekologik holat yaxshilanishi va aholi chiqindilarni saralashga o‘rganishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026