Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Zong‘uldakda bir millionlik yaxta cho‘kib ketdi

Dunyo
67
Zong‘uldakda bir millionlik yaxta cho‘kib ketdi
Turkiyaning Zong‘uldak shahrida kutilmagan hodisa yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Istanbulda qurilgan va qiymati taxminan bir million dollar bo‘lgan “Dolce Vento” nomli hashamatli yaxta suvga tushirilgach, atigi 15 daqiqa ichida muvozanatini yo‘qotib, cho‘kib ketdi. Bu haqda Fox News axborot agentligi xabar berdi.

26 metr uzunlikdagi yaxta yangi egasiga topshirilgach, sinov maqsadida dengizga chiqarilgan. Biroq, suvga tushirilganidan so‘ng tez orada kemaning muvozanati buzilib, u yon tomonga ag‘darilib, cho‘kish jarayoni boshlangan.

Hodisa paytida yaxtada kapitan va ikki nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Vaziyat og‘irlashganda ular suvga sakrab, qirg‘oqqa chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Ushbu sinov ba’zan og‘ir sharoitlarni yuzaga keltirishi mumkin, ammo bu safar hech kim jarohat olmagan. Voqea guvohlari hodisani tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishgan.

Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati va port xodimlari tezkorlik bilan hodisa joyiga yetib borib, xavfsizlik choralarini ko‘rishgan. Hodisa sabablarini aniqlash uchun tekshiruv olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026