Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Qozog‘istonda 2025-yil aholi o‘sishi sekinlashdi

Dunyo
72
Qozog‘istonda 2025-yil aholi o‘sishi sekinlashdi
2025-yilning yanvar-iyul oylarida Qozog‘iston aholisi 124,5 ming nafarga yoki 0,61 foizga o‘sdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Shu bilan mamlakat aholisining umumiy soni 1-avgust holatiga ko‘ra 20 million 407,8 ming kishiga yetdi, deb ma’lum qildi Qozog‘iston Milliy statistika qo‘mitasi. Aholi o‘sish sur’ati avvalgi yillarga nisbatan sekinlashgani qayd etildi.

Shuningdek, mamlakat hududlarining yarmidan ko‘pi migratsiya oqimlari sabab aholi sonining kamayishi kuzatilmoqda. Respublikada o‘sish darajasi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan beshta hudud aniqlangan: Ostona shahri (3,92 foiz), Chimkent shahri (1,99 foiz), Olmaota shahri (1,46 foiz), Olmaota viloyati (1,34 foiz) va Mang‘istau viloyati (1,11 foiz).

Bundan tashqari, Aqtobe, Atirau, Oqmola va Qizilo‘rda viloyatlarida ham aholi soni o‘sdi, ammo ular respublika o‘rtachasidan past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Qolgan hududlarda aholi kamayishi kuzatilmoqda.

Eng katta kamayish Shimoliy Qozog‘iston, Abay va Ulitau viloyatlarida ro‘y berdi. Shimoliy va Sharqiy Qozog‘iston viloyatlarida tug‘ilish ko‘rsatkichlari o‘lim darajasidan past bo‘lib, tabiiy kamayish yuz berdi.

Boshqa hududlarda esa tabiiy aholi o‘sishi saqlanib qolmoqda. Migratsiya ko‘rsatkichlari faqat beshta hududda ijobiy bo‘ldi.

Ular orasida uchta yirik shahar – Ostona, Olmaota va Chimkent – hamda Olmaota va Mang‘istau viloyatlari mavjud. Bu hududlarda kelayotganlar ketayotganlardan ko‘p bo‘ldi.

Boshqa hududlarda esa ketayotganlar soni kelayotganlardan oshib ketdi. Shahar aholisi yanvar-iyul oylarida 1,2 foizga o‘sib, 12 million 926 ming kishiga yetdi.

Qishloq aholisi esa 0,38 foizga kamayib, 7 million 482 ming kishini tashkil qildi. Natijada shaharliklar ulushi 63,3 foizga, qishloq aholisi esa 36,7 foizga yetdi.

Shuningdek, 2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Tojikiston aholisi 10,6 milliondan oshgan. Yanvar-iyun oylarida 116,2 ming yangi tug‘ilgan chaqaloq va 17,2 ming nafar vafot etgan fuqaro qayd etildi.

Ularning orasida bir yoshga to‘lmagan 800 bola ham borligi ma’lum qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Xitoyning Lyaonin viloyatida topilgan skelet Norellraptor barsboldi dinozavriga tegishli ekani aniqlandi
Xitoyning Lyaonin viloyatida topilgan skelet Norellraptor barsboldi dinozavriga tegishli ekani aniqlandi
Xitoyning Lyaonin viloyatida topilgan juda yaxshi saqlangan skelet avval noma’lum bo‘lgan Norellraptor barsboldi nomli dinozavr turiga tegishli ekani aniqlandi. Uning
DunyoBugun, 04:31
Yaponiya ko'chalaridagi suv kanallarida rangli baliqlar boqilmoqda
Yaponiya ko'chalaridagi suv kanallarida rangli baliqlar boqilmoqda
Yaponiyaning qator kichik shaharlarida ko‘chalarni kesib o‘tuvchi ochiq suv kanallarida rang-barang manzarali baliqlar, xususan, koi karplari suzib yurganiga guvoh bo‘lish mumkin. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 04:16
Tokioda o'zbekistonlik erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanmoqda
Tokioda o'zbekistonlik erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanmoqda
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston fuqarosi voyaga yetmagan qizga nisbatan nomaqbul jinsiy harakatlar sodir etganlikda gumonlanib, politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 03:41
Ummon qirg‘oqlari yaqinida neft tankeriga noma’lum snaryad bilan hujum qilindi
Ummon qirg‘oqlari yaqinida neft tankeriga noma’lum snaryad bilan hujum qilindi
Yaqin Sharq mintaqasidagi strategik dengiz yo‘llarida vaziyat yana keskinlashdi. Joriy yilning 3-oktabr kuni Ummon qirg‘oqlari yaqinida xom neft tashiydigan yirik
DunyoBugun, 03:20
Viktor Orban Ukraina bankiga tegishli mashinalarni musodara qilishda ayblanmoqda
Viktor Orban Ukraina bankiga tegishli mashinalarni musodara qilishda ayblanmoqda
Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orban atrofida yirik siyosiy va jinoiy mojaro avj olmoqda. Nufuzli Financial Times nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq
DunyoBugun, 02:40
Taniqli psixoterapevt Anatoliy Kashpirovskiy 87 yoshida Moskvada vafot etdi
Taniqli psixoterapevt Anatoliy Kashpirovskiy 87 yoshida Moskvada vafot etdi
Sobiq Ittifoq va Rossiya televideniyesining 1990-yillardagi eng mashhur siymolaridan biri, taniqli psixoterapevt Anatoliy Kashpirovskiy 87 yoshida vafot etdi. U
DunyoBugun, 02:11