Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

O‘zbekiston va Afg‘oniston energetika hamkorligini kengaytirdi

Dunyo
101
O‘zbekiston va Afg‘oniston energetika hamkorligini kengaytirdi
2025 yil 6 sentyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida "Afg‘onistonda energetika sektoriga sarmoya kiritish va hamkorlikni rivojlantirish" mavzusida xalqaro energetika forumi o‘tkazildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tadbir mintaqaviy energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, Afg‘onistonning energetika infratuzilmasini yangilash va xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan edi. Forumda Afg‘oniston hukumati vakillari, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston energetika vazirliklari delegatsiyalari hamda BMT, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek Qobuldagi diplomatik missiyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 220 dan 500 kilovoltgacha kuchlanishdagi yuqori quvvatli elektr uzatish liniyalari va podstansiyalar qurilishi bo‘yicha moliyaviy shartnoma imzolandi. Bu kelishuv ikki mamlakat orasidagi energetika aloqalarining yangi bosqichga ko‘tarilishini anglatadi.

Loyiha doirasida Afg‘oniston hududida strategik ahamiyatga ega elektr infratuzilmasi obyektlari barpo etiladi. Jumladan, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalar qurilib, mamlakatning markaziy hamda janubiy hududlari barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Ushbu loyiha Afg‘onistonning energetika tizimini rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026