Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+9°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

O‘zbekiston Afg‘onistonga 265 tonna yordam yubordi

Dunyo
59
O‘zbekiston Afg‘onistonga 265 tonna yordam yubordi
2025 yil 6 sentyabr kuni O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonga jami 265 tonna insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Yordam Balx viloyatining Hayraton shahrida topshirildi. Yuklar “Termiz Cargo Centre” hududida tayyorlanib, 14 ta yuk avtomashinasida manzilga yetkazildi.

Yordam tarkibiga un, guruch, shakar, tushyonka, makaron, qandolat mahsulotlari, yog‘, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh, qadoqlangan ichimlik suvi, 5 ming dona yoping‘ich hamda 10 tonnadan ortiq dori-darmon va tibbiy buyumlar kirdi. Marosimda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Ular bu tashabbus Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilganini ta’kidladi. Afg‘oniston rasmiylari yordamni oddiy mahsulotlar sifatida emas, balki birodarlik va insoniylik ifodasi deb qabul qilishini bildirdi.

Ular O‘zbekiston rahbari va xalqining og‘ir damlarda afg‘on xalqiga ko‘rsatgan yordamini yuqori baholadi. Balx viloyati rahbariyati nomidan so‘zlagan F.

Robiy O‘zbekistonga samimiy minnatdorlik bildirdi. U bu yordamni chinakam qardoshlik va birdamlik namunasi deb atadi hamda afg‘on xalqi va rahbariyati bunday ko‘makni hech qachon unutmasligini ta’kidladi.

Avgust oyining oxirida Afg‘oniston sharqida 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat Kunar, Lagmon va Nangarhor viloyatlariga katta zarar yetkazdi, ko‘plab qishloqlar vayron bo‘ldi.

Tog‘li hududlarda yo‘llar yopilib, ko‘pchilik aholi qiyin ahvolda qoldi. Afg‘onistonning sog‘liqni saqlash tizimi allaqachon murakkab holatda bo‘lib, ushbu falokatda yetarlicha yordam ko‘rsata olmadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 2205 kishiga yetdi, 3640 nafar kishi esa turli darajada jarohat oldi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026